Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

YANGI MEHNAT KODEKSINI BILASIZMI?


YANGI MEHNAT KODEKSINI BILASIZMI?

Yangi kodeks joriy yilning 29-oktyabr kuni yangi tahrirda qabul qilindi. Hujjat 6 oydan soʻng – 2023-yil 30-aprelda kuchga kiradi.

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi 2021-yil 14-oktyabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 2022-yil 17-martda Senat tomonidan maʼqullangan edi.

Kodeks 7 boʻlim, 34 bob va 581 moddadan iborat.

Asosiy qoidalar:

Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari roʻyxati kengaytirildi va ishga joylashtirish boʻyicha qoʻshimcha kafolatlar belgilandi.

Dam olish kuni

Yangi kodeksga muvofiq dam olish kuni bayram kuniga toʻgʻri kelsa keyingi kunga koʻchiriladi. Masalan, yakshanba – dam olish kuni 1-sentyabrga toʻgʻri kelsa, dam olish kuni dushanbaga koʻchiriladi.

Dastlabki sinov

Dastlabki sinov muddati qoʻllanilmaydigan toifalar 5 tadan 9 taga oshirildi. Xususan, davlat granti asosida oʻqiganlar yoki 18 yoshgacha boʻlgan shaxslar. Dastlabki sinov faqat xodimni ishga qabul qilish chogʻida belgilanishi mumkin. Xodim boshqa ishga oʻtkazilayotganda va boshqa ish beruvchiga xizmat safariga yuborilganda dastlabki sinov belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Ayrim holatlarda sinov muddati 6 oygacha etib belgilandi.

Ishdan boʻshatish nafaqasi

Yangi Mehnat kodeksiga koʻra, ishdan boʻshatish nafaqasining miqdori mazkur ish beruvchidagi ish stajiga bogʻliq boʻladi va u 50-200 foizgacha. Amaldagi Mehnat kodeksida ishdan boʻshatish nafaqasining miqdori oʻrtacha oylik ish haqidan kam boʻlishi mumkin emasligi belgilangan.

Homilador ayollarga qoʻshimcha boʻsh kunlar beriladi.

Ish beruvchi homilador ayollarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida antenatal (tugʻruqqacha) parvarishlash (perinatal skrining va tashxis, majburiy tibbiy koʻriklar va boshqa majburiy tibbiy muolajalar) uchun oʻrtacha ish haqi saqlangan holda qoʻshimcha boʻsh kunlar berishi shartligi belgilandi (403-modda).

Qonuniylashgan masofadan ishlash tartibi.

Axborot-telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shu jumladan, internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanish sharti bilan ish beruvchi va xodim oʻrtasida masofaviy mehnat munosabatlari joriy etilishi mumkin.

Uy ishchilari

Uy ishchilarining mehnati huquqiy jihatdan tartibga solindi (514-modda). Kodeksda ish beruvchi boʻlgan jismoniy shaxslarga ularning tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan shaxsiy ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun ishlarni bajaruvchi, xizmatlar koʻrsatuvchi xodimlar (bogʻbonlar, enagalar, qorovullar, oqsochlar, haydovchilar va boshqalar) uy ishchilari deb belgilandi.

Uzaytirilgan mehnat taʼtili

Asosiy yangiliklardan yana biri yillik asosiy mehnat taʼtili davomiyligining eng kam muddati yigirma bir kalendar kuni etib belgilandi. Ilgari taʼtil 15 ish kunidan davom etardi.

Ommaviy ishdan boʻshatish mezonlari

Ishchilarni ommaviy ishdan boʻshatish mezonlarini belgilandi.

Kodeksda xodimning shaxsga doir maʼlumotlarini himoya qilish tartibi joriy etildi. Soddaroq aytganda, “menga falon xodimingizning “obyektivka”sini tashlab yuboring” qabilidagi “iltimoslar” endi qonunan taʼqiqlanadi.

Ayollarga qoʻshimcha huquqlar beriladi

Ayollarning va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashgʻul shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari ham alohida belgilandi.

Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari kengaytirildi, shuningdek, xodimning pensiya yoshiga yetganligi munosabati bilan ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishi taʼqiqlandi.

Ish vaqti turlari kengaytirilmoqda: smenali ish, moslashuvchan ish tartibi, ish kunini qismlarga boʻlish, xizmat safarlari va boshqalar kiritildi.

 

 

Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

boshyuriskonsulti                                                             Nodirbek Absalamov