Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.04.2022 yildagi PF-113-sonli “Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.04.2022 yildagi PF-113-sonli “Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.04.2022 yildagi PF-113-sonli “Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni qabul qilindi.
1.Farmonga muvofiq 2022-yil 1-avgustdan boshlab:
davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikatsiyalashning mavjud tizim va vositalariga qo‘shimcha ravishda jismoniy shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi joriy etiladi.
Mobil-ID tizimi “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash bo‘yicha yagona axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalashni nazarda tutadi.
Shaxsni Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyalash fuqaroning xohishiga ko‘ra davlat xizmatlari markazi yoki notarial idora tomonidan yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi.
Bevosita Markazlar yoki notarial idora orqali fuqarolarni Mobil-ID tizimiga identifikatsiya qilish 2022 yil 31 dekabrga qadar to‘lov undirilmasdan, 2023 yil 1 yanvardan boshlab bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi miqdorida bir martalik to‘lov undirilgan holda amalga oshiriladi.
Shu o`rinda o`rinli savol tug`iladi Mobil-ID tizimi nima beradi?
Shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi foydalanuvchilarga elektron raqamli imzoni qoʻllamagan holda davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi (bundan kreditlash sohasida koʻrsatiladigan moliyaviy xizmatlar mustasno).
Mobil-ID tizimi aholining masofadan turib elektron davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi va aholiga qulayliklar yaratadi.
Yangiyo`l tumani adliya bo`limi yuridik
xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti I.Roziqov
14.11.2022 yil