Янгиликлар
Endilikda geografik obyektlarga nom berishda aholining fikri oʻrganiladi.
Endilikda geografik obyektlarga nom berishda aholining fikri oʻrganiladi.
Joriy yilning 2-noyabrida Muhtarram prezidentimiz tomonidan “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” gi 799-son Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilinib, ijroga qaratildi.
Mazkur qonunga asosan, geografik obyektlarga jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berishga yoʻl qoʻyildi.
Bunda Oʻzbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berish ularning vafotidan keyin OʻZbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan hamda qoida tariqasida nomlari mavjud boʻlmagan aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nisbatan amalga oshirilishi belgilandi.
Qonunga koʻra, geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida takliflar tayyorlash jarayonida mahalliy aholining fikri hisobga olinadi.
Bundan tashqari, davlat va hoʻjalik boshqaruvi organlari, tegishli mahalliy ijro etuvchi organlari geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirioʻ toʻgʻrisidagi takliflarni kelib tushganidan keyin muhokama qilish uchun ularni 5 ish kunidan kechiktirmay oʻz rasmiy nashrlarida, rasmiy veb-saytlarida, shuningdek ommmaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.
Qonunga asosan, takliflarning muhokamasini oʻtkazish muddati geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflar eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran oʻn besh kundan kam boʻlmasligi kerak.
Shuningdek, qonunga binoan fuqarolarga aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida takliflar kiritish vakolatini belgilashga qaratilgan, shuningdek tarkibida tumanlar mavjud boʻlgan shaharlarda aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish tumanlar hokimlari kiritgan takliflarga asosan xalq deputatlari shaharlar Kengashlari tomonidan amalga oshirilishini nazarda tutuvchi oʻzgartishlar kiritildi.
Shu bilan birga aholi punktlarining tarkibiy qismlariga Oʻzbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berish ularning vafotidan keyin Vazirlar Mahkamasining taklifiga binoan Prezidentning qarori asosida hamda, qoida tariqasida, nomlari mavjud boʻlmagan obyektlarga nisbatan amalga oshirilishi belgilanmoqda.
Qonunning qabul qilinishi natijasida Oʻzbekiston tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslar, shu jumladan, jamoat va davlat arboblarining xotirasini abadiylashtirish maqsadida ularning nomini geografik obyektlarga berishda kelib chiqayotgan turli muammolar bartaraf etiladi.
Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi
boshligʻi v.v.b. O. Satimov