Янгиликлар
Xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikni oldini olish-davr talabi!
Xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikni oldini olish-davr talabi!
Zoʻravonlik- bir insonning boshqa inson ustidan hukmronlik va nazoratni oʻrnatib olishi hamda saqlab qolish maqsadida turli koʻrinishdagi zoʻrlikni qoʻllashga asosalangan xulq-atvor tizimidir.
Xotin qizlarga nisbatan zoʻravonlik yoki gender zoʻrlik bu- asosan xotin-qizlarga nisbatan qoʻllaniladigan individual yoki jamoa tarzidagi zoʻravonlikka asoslangan harakatlardir.
Nafrat sababli sodir etilgan jinoyat kabi bunday oʻravonlik muayyan guruhga yoʻnaltirilgan va uning asossiy motivi qurbonining gender mansubligidir.
Ushbu illat va muammoga qarshi kurashish oʻziga xos xususiyat va ahamiyat kasb etadiki, ushbu muammoga qarshi kurashishda butun jahon hamjamiyatining ishtiroki kengayib bormoqda.
Jumladan, BMT Bosh Assambileyasi 2000-yilda har yili 25-noyabrini “Xalqaro xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonliklarga barham berish kuni sifatida nishonlash toʻgʻrisida rezolyutsiya qabul qilgan. Anaʼanaga binoan har yili 25-noyabr kuni “Gender zoʻravonliklarga qarshi faol 16 kun” deb nomlangan 10-dekabrda yakunlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasida xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish borasida xalqaro normalar talablariga uygʻun qonunchilik asoslarini yaratish va takomillashtirish, qolaversa, zoʻravonlikdan jabr koʻrgan ayollar muhofazasi bilan bevosita shugʻullanuvchi davlat va nodavlat tashkilotlarning tashkiliy- huquqiy asoslari kengaytirildi. Respublikada ayollar huquqlarini amalga oshirishning huquqiy asoslari va mexanizmlarini takomillashtirish, gender qonunchiligini rivojlantirish boʻyicha izchil choralar koʻrilmoqda.
Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi
yetakchi maslahatchisi N. Anarqulova