Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Endilikda tadbirkorlar davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bir vaqtning oʻzida birja tizimida akkreditatsiyalanadi


Endilikda tadbirkorlar davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bir vaqtning oʻzida birja tizimida akkreditatsiyalanadi

 

         Bugungi kunda birja savdo operatsiyalarini yanada kengaytirish, tovar-xom ashyo birjalari va ularning professional ishtirokchilari faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish, tovar derivativlari, shu jumladan fyuchers savdolarini tashkil etishning zamonaviy mexanizmlarini amaliyotga keng joriy etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 24-noyabr kunida muhtarram Prezidentimizning “Iqtisodiyot tarmoqlarida birja mexanizmlaridan foydalanishni kengaytirish hamda birja savdolarini tartibga solish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi

         Mazkur qarorga asosan; tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishda ularni bir vaqtning oʻzida birja tizimida akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi joriy etiladi.

         Shuningdek, xorijiy yetkazib beruvchilar tomonidan davlat xaridlari tizimida ishtirok etish uchun majburiy tartibda elektron raqamli imzo olish talabi bekor qilinib, tadbirkorlarning yuqori likvidli va monopol boʻlmagan mahsulotlarini birja savdolari orqali sotish uchun istiqbolli tovarlar seksiyasi tashkil etiladi.

         Qarorga koʻra, tadbirkorlarga, oʻz xohishiga koʻra, birjadan tashqari tuzilgan shartnomalar boʻyicha birjaning hisob-kitob-kliring tizimi orqali kafolatli hisob-kitob xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Ushbu qarorga binoan, mahsulotlarni “forvard” bitimlari asosida sotish tartibi birja savdolari orqali tuziladigan eksport-import shartnomalariga nisbatan ham qoʻllaniladi.

Bundan tashqari, 2022-yil 1-dekabrdan 2024-yil 1-yanvargacha monopol va davlat ishtirokidagi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilgan poʻlat shar, metall list prokati, suyuq uglerod oksidi, texnik kislorod, kaustik soda, neft koksi, sintetik nafta, barda – ishlab chiqarish hajmining 100 foizi;

-monopol boʻlmagan va ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan kam boʻlgan yoki davlat ulushi mavjud boʻlmagan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan metall list prokati va sement – ishlab chiqarish hajmining kamida 50 foizi,

-paxtadan olingan chigit, paxta moyi (ekstraksiya paxta moyi), qayta ishlangan chigit chiqindilari (shrot, sheluxa) va isteʼmol etil spirti ishlab chiqarish hajmining 100 foizi ichki bozorda faqat birja savdolari orqali realizatsiya qilinishi belgilandi.

Shuningdek, Qaror bilan ichki bozorda narxlar keskin oshib ketishining va sunʼiy tankislik vujudga kelishining oldini olish boʻyicha tizimni joriy etish hamda xorijiy ekspertlar va konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda Uzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish belgilangan.

 

 

Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi

yetakchi maslahatchisi                                                  N. Anarqulova