Янгиликлар
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi-nimaligini bilasizmi?
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi-nimaligini bilasizmi?
Biz bilamizki, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 1948-yil 10-dekabrda qabul va eʼlon qilingan boʻlib, Oʻzbekiston ushbu deklaratsiyaga qoʻshilgan..
Mazkur Deklaratsiya 30 ta moddadan iborat boʻlib, unda, Birlashgan Millatlar xalqlari insonning asosiy huquqlariga, shaxsning qadr-qimmatiga, erkak va ayolning teng huquqliligiga, oʻz eʼtiqodlarini tasdiqlaganliklari hamda yanada kengroq erkinlikda ijtimoiy taraqqiyot va turmush sharoitlarini yaxshilashga koʻmaklashishga ahd qilganliklarini eʼtiborga oladi.
Shuningdek, barcha odamlar qonun oldida tengdir va hech bir tafovutsiz qonun bilan teng himoya qilinish huquqiga egaligi, har bir inson hech bir kamsitishsiz teng mehnat uchun teng haq olish huquqiga egaligi, har bir inson bevosita yoki erkin saylangan vakillar vositasi orqali oʻz mamlakatini boshqarishda qatnashish huquqiga egaligi hamda har bir inson oʻz mamlakatida davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egaligi belgilangan.
Deklaratsiyaga aʼzo davlatlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlikda inson huquqlari va asosiy erkinliklarini yalpi hurmat qilish va unga rioya qilishga koʻmaklashish majburiyatini olganligini eʼtiborga olib, mazkur huquqlar va erkinliklarning xarakterini yalpi tushunish ushbu majburiyatlarning toʻliq ado etilishi uchun katta ahamiyatga ega boʻlishini eʼtiborga oladi.
Bosh Assambleya mazkur Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini barcha xalqlar va barcha davlatlar bajarishga intilishi lozim boʻlgan vazifa sifatida eʼlon qilar ekan, bundan muddao shuki, har bir inson va jamiyatning har bir tashkiloti doimo ushbu Deklaratsiyani nazarda tutgan holda maʼrifat va taʼlim yoʻli bilan bu huquq va erkinliklarning hurmat qilinishiga koʻmaklashishi, milliy va xalqaro taraqqiyparvar tadbirlar orqali ham uning bajarilishi taʼminlanishiga, Tashkilotga aʼzo boʻlgan davlatlar xalqlari oʻrtasida va ushbu davlatlarning yurisdiksiyasidagi hududlarda yashayotgan xalqlar oʻrtasida yalpisiga va samarali tan olinishiga intilishlari zarur.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, demokratik-huquqiy davlat hamda kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish yoʻlini tanlagan Oʻzbekiston uchun Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha qonunchilik bazasini shakllantirishda eng asosiy hujjat vazifasini bajarib berdi.
Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi
boshligʻi v.v.b. O. Satimov