Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

ISH BERUVCHI ISHDAN BOʻSHATISH NAFAQASINI TOʻLASHI SHART BOʻLGAN HOLATLAR


ISH BERUVCHI ISHDAN BOʻSHATISH NAFAQASINI TOʻLASHI SHART BOʻLGAN HOLATLAR

Ishdan boʻshatish nafaqasi mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni berilishi kerak boʻlgan barcha summalar bilan birga toʻlanadi. Agar хodim mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ishlamagan boʻlsa, tegishli summalar ushbu хodim tomonidan hisob-kitob qilish toʻgʻrisidagi talab taqdim etilganidan keyin uch kundan kechiktirmay toʻlanishi kerak.

Bu me’yor nimani anglatadi? Aytaylik, хodim ishdan boʻshatilgan kuni yoʻq edi va shuning uchun ish haqini, nafaqani ololmadi. Moddada ushbu talab qanday shaklda taqdim etilishi kerakligi koʻrsatilmagan. Demak, uni ogʻzaki  bildirish ham mumkin. Masalan, u ertasi kuni kelib, ogʻzaki yoki telefon orqali qoʻngʻiroq qilib, elektron pochta orqali yozib, hisob-kitobni amalga oshirish haqidagi talabni bildirdi. Tegishli summalar va ishdan boʻshatish nafaqasi хodim tomonidan hisob-kitob qilish toʻgʻrisidagi talab taqdim etilganidan keyin ish beruvchi tomonidan uch kundan kechiktirmay toʻliq toʻlab berilishi kerak.

 

Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Yodgor Yunusov