Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

2023 yil 30 apreldan boshlab ta’tillarni taqdim qilishning koʻpgina odatiy shartlari oʻzgaradi. Hatto ta’tilning yangi turi – ish haqi qisman saqlanib qoladigan ta’til paydo boʻladi.


2023 yil 30  apreldan boshlab ta’tillarni taqdim qilishning  koʻpgina odatiy shartlari oʻzgaradi. Hatto ta’tilning yangi turi – ish haqi qisman saqlanib qoladigan ta’til paydo boʻladi.

 

Yangi MK «ijtimoiy ta’tillar» tushunchasini kiritmoqda.  Bu – хodimlarga onalik, bolalarni parvarishlash, ta’lim olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, shuningdek boshqa ijtimoiy maqsadlarda beriladigan ta’tillardir. Ularga quyidagi ta’tillar kiradi:

1) homiladorlik va tugʻish;

2) bola parvarishlash;

3) oʻquv;

4) ijodiy.

 

Ularni taqdim etish va rasmiylashtirishda tub oʻzgarishlar kutilmayapdi.  Bunda yangi MK ijtimoiy ta’tillar boʻyicha quyidagi ishlarni amalga oshirish mumkin emasligiga aniqlik kiritdi (28.10.2022 y. OʻRQ-798-son Qonun tahriridagi MK 239-m.):

·         boshqa muddatga koʻchirish (agar ular oʻz vaqtida ishlatilmagan boʻlsa);

·         pulli kompensatsiya bilan almashtirish;

·         jamlash.

 

Ularning qonunchilikda belgilanganiga nisbatan uzoqroq davomiyligini belgilashga esa yoʻl qoʻyiladi.

 

Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi YXKM bosh yuriskonsulti Shukurov Mashrab