Янгиликлар
“Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga yangi turmush qurayotganida oʻz xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurish uchun 33 million soʻmgacha garovsiz kredit
“Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga yangi turmush qurayotganida oʻz xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurish uchun
33 million soʻmgacha garovsiz kredit
Bugungi kunda Ohangaron tumani adliya boʻlimiga “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalardan turli xildagi murojaatlar kelib tushmoqda. Jumladan, kreditga olishga doir murojaatlar qolgan murojaatlarga qaraganda koʻproq.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
12-oktyabrdagi 637-son qaroriga asosan tasdiqlangan “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgai yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratish tartibi toʻgʻrisida Nizom qabul qilingan.
Ushbu Nizom “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning (keyingi oʻrinlarda — yoshlarning alohida toifalari) yakka tartibdagi xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratish tartibini belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 13-iyuldagi PF-6260-son Farmoniga muvofiq “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga yangi turmush qurayotganida oʻz xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurish uchun 33 million soʻmgacha garovsiz kredit ajratish belgilangan.
Fuqarolar kredit olishlari uchun ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatib oʻtilgan quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos boʻlishi lozim:
a) kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan yoshlarning alohida toifalariga mansub Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
b) “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning yangi turmush qurganlari (nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan boʻlishi lozim);
v) daromad manbalariga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xoʻjaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek, kredit boʻyicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni toʻlov jadvaliga muvofiq har oyda toʻlash uchun yetarli boʻlgan qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega boʻlishi;
g) qarz yuki koʻrsatkichi qarz oluvchining barcha kreditlari va mikroqarzlari boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlarining ushbu qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning tasdiqlangan oʻrtacha oylik daromadlarining 70 foizdan yuqori boʻlmasligi;
d) yakka tartibdagi xonadonda qoʻshimcha uy-joy qurish ishlari qiymatining kamida 15 foizi miqdorida boshlangʻich badalni shakllantirish imkoniyatiga ega boʻlishi;
ye) kredit ajratishni koʻrib chiqish vaqtida qarz oluvchining kredit tashkilotlaridan avval olingan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmasligi;
j) ilgari arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan va ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalardan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha boshqa yordam olmagan boʻlishi;
z) yakka tartibdagi xonadonda qoʻshimcha uy-joy qurish uchun yer uchastkasiga umrbod egalik qilishi yoki mulk huquqi va belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga ega boʻlishi.
Shuningdek, fuqarolarga maʼlumot tariqasida aytishimiz lozimki, Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi)ning qarz yuki koʻrsatkichi belgilangan meʼyordan yuqori boʻlganda, uning bank oldidagi qarz majburiyatini taʼminlash yuzasidan yuridik yoki jismoniy shaxslar kafilligi qabul qilinishi mumkin.
Ohangaron tumani adliya Joʻrayev Bahriddin
boʻlimi boshligʻi Nasriddinovich