Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Uy sotib olish uchun subsidiya berilishidan xabardormisiz?


Uy sotib olish uchun subsidiya berilishidan xabardormisiz?

Subsidiya oʻzi nima? Subsidiya deganda daromadi yuqori boʻlmagan shaxslarga ipoteka kreditlari asosida uy-joy sotib olishlari uchun boshlangʻich badal yoki kredit foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish maqsadida davlat byudjetidan toʻlanadigan va qaytarib berilmaydigan mablagʻlar.

Boshlangʻich badal – bu birlamchi bozordagi (yangi qurilgan) uy-joylarni sotib olish uchun ajratiladigan pullar. Shahar va qishloq joylarda ularning qiymati har xil boʻladi.

qishloq joylarda – birinchi 5 yil davomida ipoteka krediti boʻyicha foiz toʻlovlari bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun – 10 foizlik punktdan oshgan qismiga;

shaharlarda (shu jumladan, Toshkent shahrida ham) – dastlabki badalning bir qismini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun uy-joy hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida;

Toshkent shahrida birinchi besh yil davomida kredit boʻyicha foizlarni qoplash uchun – 12 foizlik punktdan oshgan qismiga;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida 10 foizlik punktdan oshgan qismiga toʻlanadi.

Subsidiyalar faqatgina uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan oilalar, ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yoshlar va shu toifadagi boshqa Oʻzbekiston fuqarolariga ajratiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.03.2020-yildagi 182-son qaror bilan tasdiqlangan Nizomda subsidiya olishda ijtimoiy mezonlardan kelib chiqib ballar asosida baholanadi, yaʼni subsidiya berilishi uchun avvalambor masʼul organlar vakillaridan shakllantirilgan maxsus komissiya ariza beruvchilarga mezonlar boʻyicha ball beradi.

Masʼul organlar – ichki ishlar boʻlimi, moliya boʻlimi, davlat soliq inspeksiyasi, bandlikka koʻmaklashish markazi, kadastr korxonasi, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, Yoshlar ittifoqi tuman kengashi, tuman (shahar) hokimliklari, ishtirok etuvchi tijorat banklari. Bularning hammasi ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar haqqoniy ekanligini tekshirish uchun kerak.

Ijtimoiy mezonlar uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj fuqarolarni aniqlashga xizmat qiladi. Ball toʻplash uchun mezonlarga talabgor va (yoki) uning oilasining daromadi (shahar va qishloq joylari uchun alohida koʻrsatkichlar belgilangan), turar joy maqomi (ijara yoki shaxsiy mulk), ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlganlar (mehnat migrantlari, yetim va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, yolgʻiz ayollar va hokazo), shuningdek, oilada nogironligi mavjud boʻlgan shaxslar inobatga olingan.

Subsidiya eng yuqori ball toʻplaganlarga tartib boʻyicha beriladi, hamda quyidagi hujjatlar talab etiladi:

– pasport;

– oila aʼzolarining pasporti va nikoh qayd etilganligi guvohnomasi (toʻliq oila va voyaga yetgan farzandi(lari) boʻlganda) va farzandlarining tugʻilganlik haqidagi guvohnomalari (agar voyaga yetmagan boʻlsa) nusxasi;

– nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki nikoh haqiqiy emas deb topilgani toʻgʻrisidagi sud qarori (nikoh qayd etilgan hollarda) va oilaviy holati toʻgʻrisida FHDYO organlari arxividan maʼlumotnoma nusxasi (nikoh qayd etilmagan hollarda);

– doimiy propiska joyidan kadastr raqami va turiga tegishli maʼlumotlar;

       – doimiy propiska joyidan uy daftarining yoki kvartira kartochkasining (17-shakl boʻyicha) nusxasi;

– ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchilarning daromadi hamda ushlab qolingan daromad soliqlari haqida maʼlumotnoma (qoʻshimcha daromadlar boʻlsa soliq deklaratsiyasi).

Ohangaron tuman adliya boʻlimi                                Abdurashid Xakimov

bosh maslaxatchisi                                                       Maʻrufjon oʻgʻli