Янгиликлар
Meni mahallamda jinoyat bo‘lmaydi
Meni mahallamda jinoyat bo‘lmaydi
Mamlakatimizda aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishi, mustahkam irodali, o‘z huquqlarini biladigan va qonunlarni hurmat qiladigan, huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay oladigan, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan va huquqbuzarlikka nisbatan murosasiz munosabatda bo‘ladigan fuqarolarni tarbiyalashning keng qamrovli muntazam tizimlari mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g`risida”gi 259-son qarori qabul qilingan bo`lib, mazkur Qarorda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan.
Mazkur Qarorga asosan tasdiqlangan “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 51-bandida Mahallarlarda sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar belgilangan.
Ushbu kompleks chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan Ohangaron tuman adliya bo`limi tomonidan Ichki ishlar bo`limi bilan hamkorlikda uyushmagan va voyaga yetmagan yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni oshgan 15 ta mahallalarda jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan “meni mahallamda jinoyat bo‘lmaydi” mavzusida mahallabay huquqiy targ‘ibot tadbirlari o`tkazildi.
Targ`ibot davomida, uyushmagan va voyaga yetmagan yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar turlari, kelib chiqish sabablari va uning oqibatlari to`g`risida fuqarolarga tushuntirishlar berildi. Shuningdek, aholining jinoyatchilikni kamaytirishga doir takliflari tinglandi.
Fuqarolarning jinoyatchilikni kamaytirish yuzasidan bildirgan takliflari ichidan eng maqbullari tanlanib, aholi o`rtasida taklif yuzasidan so`rovnoma o`tkazildi.
Ushbu yo‘nalishdagi boshlangan ishlar tuman IIB hamda Yoshlar ishlari agentligining ma'sul xodimlari hamkorligida amalga oshirilib kelinmoqda.
Ohangaron tuman adliya bo`limi Abdurashid Xakimov
bosh maslaxatchisi Ma’rufjon o`g`li