Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Dehqonchilik uchun yerlar aholiga 30 yilga ijaraga beriladi


Dehqonchilik uchun yerlar aholiga 30 yilga ijaraga beriladi

Mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini va ichki bozor narxlari barqarorligini taʼminlash hamda agrar soxada aholining tashabbuslarini qoʻllab –quvvatlash orqali ularning daromadlarini oshirish, shuningdek, “Bir hududda – bir mahsulot” tamoyili asosida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni kengaytirish hamda eksport salohiyatini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil
10-sentyabr kuni “Dehqon xoʻjaliklari tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 373-son qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, fermerlar va klasterlar foydalanishidagi paxta va gʻalladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv taʼminoti yaxshi boʻlgan yerlardan 2022-yil yakunigacha qoʻshimcha 20 ming gektar – umumiy 100 ming gektar ekin maydonlari, 2023-yilda 95 169 gektar ekin maydonlari aholiga ochiq elektron tanlov orqali ijaraga beriladi.

Bunda ekin maydonlari 30 yil muddatga:

suv taʼminoti yaxshi boʻlgan yerlardan – Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida 0,15 gektardan 1 gektargacha, boshqa viloyatlarda 0,30 gektardan 1 gektargacha hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida 0,30 gektardan
2 gektargacha boʻlgan oʻlchamlarda;

kam suvli yerlardan – viloyatlarda 0,50 gektardan 1 gektargacha hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida 0,50 gektardan 2 gektargacha boʻlgan oʻlchamlarda ijaraga beriladi.

2022–2023-yillarda ekin maydonlarini aholiga berish uchun oʻtkaziladigan tanlovda 1 ta talabgor ishtirok etsa ham, istisno tariqasida, tanlov oʻtkazilgan hisoblanadi.

Issiqxona rivojlangan tumanlarda dehqon xoʻjaliklariga ajratib berilgan ekin maydonlarida isitish tizimlarini oʻrnatmagan holda yengil konstruksiyali issiqxonalar qurilishiga ruxsat beriladi.

“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan aholiga dehqon xoʻjaligini uchun yer tanlov orqali ijaraga berilganda, ular daftarlardan chiqarilmaydi va ular uchun barcha imtiyoz va preferensiyalar bir yilga saqlab qolinadi.

Mazkur maydonlarga Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi tavsiyasiga asosan, hududlar extiyojlari uchun zarur boʻlgan va eksportbop qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilishi, bunda, sabzavod, poliz, dukkakli, moyli va kartoshka ekinlarini intensiv usulda ekishga alohida eʼtibor berilishi koʻzda tutilgan.

 

Ohangaron tumani adliya                                  Joʻrayev Bahriddin
boʻlimi boshligʻi                                        Nasriddinovich