Янгиликлар
Oilaviy bolalar uyi
Oilaviy bolalar uyi
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-avgustdagi 451-son qaroriga asosan tasdiqlangan “Oilaviy bolalar uylari to‘g‘risida”gi Nizom qabul qilindi va ushbu Nizom oilaviy bolalar uylarini tashkil etish va unga bolalarni tarbiyaga berish tartibini belgilaydi.
Tutingan ota-onalarga oilaviy bolalar uyidagi har bir tarbiyalanuvchi bolaning yashash xarajatlari uchun har oyda 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining
5 baravari miqdorida, 8 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravari miqdorida pul ajratiladi.
Oilaviy bolalar uyidagi har bir tarbiyalanuvchi bolani tarbiyalagani (parvarishlash) uchun tutingan ota-onalarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravari (nogironligi bo‘lgan bolalar uchun 1,5 baravari) miqdorida pul to‘lanadi.
Oiladagi har bir tarbiyalanuvchi bolaning yashash xarajatlari uchun ajratilgan mablag‘lar oiladagi tarbiyalanuvchi bolalarga oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va yumshoq jihozlar, shaxsiy gigiyena buyumlari sotib olishga, ularni o‘quv kurslarida o‘qish, shuningdek, boshqa yashash bilan bog‘liq va oilaning kommunal xarajatlarini qoplashga sarflanadi.
Oilaviy bolalar uyiga tarbiyaga olingan har bir nogironligi bo‘lgan bolaning davolash-sog‘lomlashtirish xarajatlariga har oyda bazaviy hisoblash miqdorining
1 baravari miqdorida konpensatsiya to‘lanadi.
Quyidagilar oilaviy bolalar uylarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
- tarbiyalanuvchi bolalarni o‘qitish, sog‘lomlashtirish, aqliy, psixologik jismoniy rivojlantirish va tarbiyalash;
- tarbiyalanuvchi bolalarni ijtimoiy moslashtirish va muhofaza qilish;
- tarbiyalanuvchi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash;
- tarbiyalanuvchi bolalarda mehnat qilish, maishiy-xo‘jalik, ro‘zg‘or yuritish bilan bog‘liq iqtisodiy ko‘nikmalarni shakllantirish, ularni kasb tanlashi uchun shart-sharoitlar yaratish orqali mustaqil hayotga tayyorlash.
Oilaviy bolalar uyi tuman (shahar) hokimining qarori bilan tashkil etiladi va tugatiladi. Shuningdek, nomzodlarning tegishli arizasi hamda vakolatli organning nomzodlar tutingan ota-ona bo‘la olishi va bolalarni tarbiya qilish imkoniyati, sharoitlari va bolaning manfaatlariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi tuman (shahar) hokimining qarori qabul qilinishi uchun asos hisoblanadi.
“Oilaviy bolalar uylari to‘g‘risida”gi Nizomning 10-bandiga muvofiq, Nomzodlar o‘zining yashash joyidagi vakolatli organga oilaviy bolalar uyini tashkil etish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qiladi.
Arizada nomzodlarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, bolalari (o‘ziniki, farzandlikka olganlari) mavjud bo‘lgan taqdirda, ularning soni va yoshi ko‘rsatiladi.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
tibbiyot muassasasining vrachlik-maslahat komissiyasining nomzodlar sog‘lig‘i to‘g‘risidagi xulosasi;
nomzodlarning tutingan ota-onalarni tayyorlash kursidan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikat nusxasi.
Arizani topshirish vaqtida nomzodlarning o‘zi va farzandlarining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarining asli ko‘rsatiladi.
Ushbu bandda ko‘rsatilgan hujjatlarning barchasi taqdim etilganda ariza ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi.
Mazkur Nizomning 11-bandiga ko`ra, arizani o‘rganish davomida nomzodga tegishli quyidagi hujjatlar vakolatli organ tomonidan yagona elektron ma’lumotlar bazasidan olinadi:
nikoh to‘g‘risidagi guvohnoma;
ish joyi, egallab turgan lavozimi va ish haqi ko‘rsatilgan (agar mavjud bo‘lsa) yoki boshqa daromad manbalari to‘g‘risidagi ma’lumot;
ruhiy-asab, teri-tanosil kasalliklari, narkologik va silga qarshi kurashish dispanserlarining xulosalari;
sudlanganlik (sudlanmaganlik) holati haqida ma’lumot;
turar joyga bo‘lgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasining nikohdan o‘tgan,
35 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan fuqarolari tutingan ota-onalar bo‘lishi mumkin!
Oilaviy bolalar uyiga tarbiyalash uchun 3 yoshdan boshlab kamida 3 nafar, lekin ko‘pi bilan 5 nafar bola beriladi. Bunda yangidan tashkil etilgan oilaga bir yo‘la kamida 3 nafar bola beriladi. Qolgan bolalar ularning tanlab olinishiga qarab beriladi.
Oilaviy bolalar uyidagi bolalarning, shu jumladan, nomzodlarning qaramog‘ida bo‘lgan o‘zining va farzandlikka olgan bolalarining umumiy soni
8 nafardan oshmasligi kerak.
Oilaviy bolalar uyidan tarbiyalanuvchi bolalarning 18 yoshga to‘lishi yoxud boshqa sabablar bilan chiqib ketishiga qarab unga yangi bolalar olinishi mumkin.
Agar tutingan ota-onalar yoxud ulardan biri 60 yoshga to‘lsa, shuningdek, bu bola manfaatiga zid bo‘lsa, u holda oilaga yangi bolalar olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tutingan ota-onalar yoxud ulardan biri 60 yoshga to‘lsa, oilaviy bolalar uyi o‘z faoliyatini tarbiyalanuvchi bolalar 18 yoshga to‘lgungacha yoxud ular boshqa sabablarga ko‘ra ketgungacha amalga oshiradi.
Ohangaron tumani adliya Jo`rayev Bahriddin
bo`limi boshlig`i Nasriddin o`g`li