Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” qonun qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”
qonun qabul qilingan
Qonunining 3-moddasi:
Korrupsiya - “bu shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim yetish” deb hisoblanadi.
Korrupsiya - “bu davlat hokimiyatidan shaxsiy manfaat uchun foydalanish yoki hokimiyatni chiritish orqali sotib olish“ deb hisoblanadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi Davlatning normativ xujjatlari
1. O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi O‘RQ-419-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni;
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari (2020-yil 29-iyundagi PF-6013-son, 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-son, 2021-yil 6-iyuldagi PQ-5177-son, 2022-yil 12-yanvardagi PQ-81-son, 2022-yil 11-maydagi PQ-240-son;
3. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2021-2022-yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi (2021-yil 6-iyuldagiPF-6257-son Farmon bilan tasdiqlangan;
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari (2020-yil 31-dekabrdagi 829-sonli) va boshqlar...
KORRUPSIYANING TURLARI:
MAISHIY KORRUPSIYA –
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida fuqarolar va davlat xizmatchilari o‘rtasida vujudga keladigan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik;
BIZNESDAGI KORRUPSIYA –
Tadbirkorlar va davlat xizmatchilari o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlardagi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar;
HOKIMIYATDAGI KORRUPSIYA –
Davlat hokimiyat organlarida mansabdor shaxslari tomonidan sodir qilinadigan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik.
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani adliya bo‘limi
YuXKM bosh yuriskonsulti U.Fayzullayev