Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Mamlakatimizda Intellektual faoliyat natijalarining huquqiy himoyasi


Mamlakatimizda Intellektual faoliyat natijalarining huquqiy himoyasi

Intellektual mulk aqliy yoki ijodiy faoliyat mahsuli sanaladi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, ushbu mahsulotga nisbatan huquqni anglatadi. Misol uchun, adib tomonidan yozilgan asar yoki roman, rassom tomonidan chizilgan surat, olim tomonidan yaratilgan ixtiroga bo‘lgan huquq. Oddiy mulkdan farqli o‘laroq, intellektual mulk biron bir moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmasligi ham mumkin (masalan, xoreografiya asari yoki pantomima). Intellektual mulk keng qamrovli tushuncha bo‘lib, unga quyidagilar kiradi:

·         mualliflik huquqi (fan, adabiyot va san’at asarlari);

·         turdosh huquqlar (ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlarning ko‘rsatuvlari yoki eshittirishlari);

·         sanoat mulki (ixtiro, foydali model va sanoat namunalari);

·         EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari;

·         shaxsiylashtirish vositalari (firma nomlari, tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi, geografik ko‘rsatkichlar);

·         seleksiya yutuqlari (o‘simliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlari);

·         oshkor etilmagan axborot, ishlab chiqarish sirlari (nou-xau);

·         integral mikrosxema topologiyalari.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, ijodiy mehnat natijasida yaratilgan asar intellektual mulk sifatida himoya qilinadi. Mazkur holatda, agar post ijodiy tusga ega bo‘lsa, u himoya qilinadi. Deylik, post o‘ziga xos ravishda ifodalangan, ya’ni yozilgan bo‘lsa, u intellektual mulk hisoblanadi. Biroq oddiy axborot ko‘rinishidagi kundalik yangiliklarga doir yoki joriy voqealar haqidagi xabarlar intellektual mulk hisoblanmaydi. Binobarin, postda oddiy axborot yoki yangilik aks etgan bo‘lsa, u intellektual mulk bo‘lmaydi.

Fotosurat masalasiga keladigan bo‘lsak, qonunchilikka muvofiq, fotosurat nafaqat intellektual mulk, balki shaxsga doir ma’lumot ham sanaladi. Shaxsning fotosuratini uning roziligisiz tarqatish yoki undan foydalanish taqiqlanadi. Ko‘p ijtimoiy tarmoqlar (Facebook,Twitter) foydalanuvchilari kelishuviga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, mazkur kelishuvlarda tarmoq foydalanuvchisi tomonidan joylashtirilgan kontent, jumladan fotosurat muallifi, qoida tariqasida, uni joylashtirgan foydalanuvchi hisoblanishi ko‘rsatib o‘tiladi. Demak, o‘zining fotosuratini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan shaxs uning muallifi hisoblanadi. O‘zbekistonda intellektual mulkni himoya qilish yuzasidan huquqiy tizim yaratilgan. Jumladan, intellektual mulkni bevosita tartibga solishga qaratilgan 8 ta qonun va o‘ndan ortiq qonunosti hujjatlari qabul qilingan. Intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarni buzgan shaxslarga nisbatan ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan. Xususan, so‘nggi yillarda ijodkorlarning huquqlari sudda himoya qilinayotgani bunga yaqqol misoldir.              O‘zbekiston intellektual mulk sohasidagi xalqaro hujjatlarga qo‘shilgan hamda xalqaro standartlarni implementatsiya qilmoqda. Bu sohada oldimizda turgan asosiy masalalardan biri bu – O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk tizimining Jahon savdo tashkiloti (JST) Intellektual mulk huquqi savdo aspektlari bo‘yicha bitim (TRIPS) normalari va tamoyillariga muvofiqligini tahlil qilish hisoblanadi. Mazkur bitim JSTga qo‘shilish yuzasidan qo‘yilishi kerak bo‘lgan muhim qadam bo‘lib, unga a’zo barcha mamlakatlar boshqa a’zo mamlakatlar fuqarolari ham o‘zlarining fuqarolari kabi huquqiy himoya qilinishini talab etadi.

Ohangaron shahar adliya

bo`limi bosh maslahatchisi                                                       O.Annakulov