Янгиликлар
O’zini o’zi band qilgan shaxslar shug’ullanishi mumkin bo’lgan faoliyat turlari kengaytirildi
O’zini o’zi band qilgan shaxslar shug’ullanishi mumkin
bo’lgan faoliyat turlari kengaytirildi
Joriy yilning 30-avgust kuni Davlatimiz rahbari tomonidan “Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-366-sonli Qarori qabul qilinib mazkur qarorda 2022-yil 1-noyabrdan boshlab yana 10 ta faoliyat turlari o’zini o’zi band qilgan shaxslar shug’ullanishi mumkin bo’lgan faoliyat turlari ro’yxatiga kiritilishi belgilab qo’yildi.
Ushbu faoliyat turlari quyidagilar:
- Uy hayvonlari ( qoramol, qo’y, echki, ot va boshqalar) bozorlarida vositachilik xizmati
- Avtomobil bozorlarida vositachilik xizmati
- Rieltorlik xizmatini ko’rsatish (ijaraga uy topib berish, uy sotib olish va sotishga ko’maklashish
- Uyda sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash va sotish xizmati
- Maishiy buyumlarni ijaraga berish xizmati (stol-stul, idish-tovoq, asbob-uskuna va boshqalar)
- Gips va ganchdan buyumlar yasash (uy jihozlari, ertak qaxramonlari xaykallarini yasash)
- Tosh va tosh mahsulotlaridan yodgorlik, suvenir va dekorativ buyumlar tayyorlash
- Yog’och mahsulotlaridan savat, non mahsulotlari uchun maxsus idish va boshqa buyumlarni to’qish
- Uy sharoitida pilla yetishtirish, shaxsiy tomorqa yer uchastkasida tut mevasi, niholi va ko’chatini yetishtirish, uyda ipak mato, ipak gilam to’qish va sotish
- Kulolchilik
Yuqorida nomlari keltirib o’tilgan kasb egalari endilikda o’zini o’zi band qilgan fuqarolar deyiladi.
Ohangaron shahar yuridik xizmat
ko’rsatish markazi bosh yurist ko’nsulti B.B.O’smonov