Янгиликлар
Tavakkalchilikka asoslangan o`yinlarning tartibga solinishi
Tavakkalchilikka asoslangan o`yinlarning tartibga solinishi
O'zbek xalq milliy o'yinlari o'zining uzoq o'tmishi, boy tarixiga ega bo'lgan, ajdodlardan avlodlarga meros sifatida o'tib kelayotgan, ma'naviy boyliklarimizdan hisoblanadi. Qadim zamonlarda xalqlarda yoshi, turmush tarzi va e'tiqodidan qat'iy nazar ishtirokchilar o'rtasida otda yurish, otda chopish va poyga, tosh ko'tarish musobaqalari, kamondan o'q uzish kabi qizg'in, kuch talab qilinadigan o'yinlar tashkil qilingan. SHuningdek, xalq orasida ko'pkari, kurash va boshqa turdagi milliy o'yinlar keng tarqalgan. Ming afsuski fuqarolarimiz ayniqsa, yoshlar orasida pul tikib, turli parranda va hayvonlarni urishtirib qimor o'ynash holatlari kuzatilmoqda. "Milliy xalq o'yinlari" niqobi ostida o'rtaga pul tikib parranda va hayvonlarni urushtiruvchi fuqarolarning borligi achinarli, albatta. Shuni aytish kerakki, pul tikishga asoslangan o`yinlarni o`ynash milliy qonunchiligimiz normalari bilan cheklangan. Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to`g’risidagi Kodeksning 191-moddasida: Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o'yinlarda qonunga xilof ravishda ishtirok etish — ana shu o'yinlar buyumlarini, shuningdek o'yinga tikilgan hamda o'yindagi yutuq bo'lgan pullar, ashyolar va boshqa qimmatbaho buyumlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo'lishi, huddi shunday huquqbuzarlikni ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish yoxud voyaga etmagan shaxsni qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o'yinlarda ishtirok etishga jalb qilish — ana shu o'yinlar buyumlarini, shuningdek o'yinga tikilgan hamda o'yindagi yutuq bo'lgan pullar, ashyolar va boshqa qimmatbaho buyumlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo'lishi belgilab berilgan.
Xulosa o`rnida aytish joizki, qimor o'yinlarini tashkil etish va o'tkazish faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish, noqonuniy qimor o'yinlarini tashkil etishga hamda ularga o'smirlar va yoshlarni jalb etishga ko'maklashuvchi shart-sharoitlarga barham berish, qimor biznesining rivojlanishi salbiy oqibatlarini oldini olish, noqonuniy qimor o'yinlari tashkilotchilari va qatnashchilarining javobgarligini kuchaytirish masalalari bugungi kunda dolzarb masala hisoblanadi.
Ohangaron shahar adliya
bo`limi bosh maslahatchisi O.Annakulov