Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Uchuvchisiz uchadigan qurilmalar(dron)dan foydalanishning huquqiy tartibga solinishi


Uchuvchisiz uchadigan qurilmalar(dron)dan foydalanishning huquqiy tartibga solinishi               

Uchuvchisiz qurilmalardan foydalanish ushbu qurilmalarning salmoqli foydali tomonlari sabab keng tarqalayotgan bir davrda bu kabi munosabatlarni tartibga solish muhim sanaladi. Shu bois dronlardan foydalanish bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solish harakatlari dunyo hamjamiyatida 2015-yilda boshlangan. Bu bo`yicha Fransiya uchuvchisiz uchadigan qurilmalar faoliyatini tartibga solishga qaratilgan qonunini ishlab chiqish orqali birinchi tashabbusni amalga oshirgan. Shundan so`ng ko`pgina davlatlar o`z qonun-hujjatlarini qabul qilmoqda va qabul qilish choralarini amalga oshirmoqda. Jumladan, yurtimizda ham ushbu munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normalar qonun hujjatlarimizda o`z aksini topgan. Joriy yilning 15-noyabr sanasida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga solish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g’risida” 658-sonli qarori qabul qilinib ushbu qarorda uchuvchisiz qurilmlardan foydalanish uchun kimlarga ruhsat berilishi va qaysi organ tomonidan, shuningdek qanday shartlar asosida berilishi tartibi belgilab qo`yilgan. Unga ko`ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida uchuvchisiz uchadigan apparatlar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarining belgilangan tartibda majburiy deklaratsiya qilinadigan tranzitidan tashqari ularni qonunga xilof ravishda olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash yoki ulardan foydalanish taqiqlanadi, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi, “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi, YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi tomonidan uchuvchisiz uchadigan apparatlar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash va foydalanish holatlari bundan mustasno ekanligi keltirilgan.

Ohangaron shahar adliya

bo`limi bosh maslahatchisi                                                     O.Annakulov