Янгиликлар
Men davlat bogʻchasida tarbiyachi boʻlib ishlayman mudiramiz malaka oshirishga borishing shart deyapti. Qancha muddatda malaka oshirishim kerak?
Men davlat bogʻchasida tarbiyachi boʻlib ishlayman mudiramiz malaka oshirishga borishing shart deyapti. Qancha muddatda malaka oshirishim kerak?
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi 1026-son qaroriga 3-ilova “Maktabgacha taʻlim tashkilotlarining pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish toʻgʻrisida”gi Nizom davlat hamda nodavlat maktabgacha taʻlim tashkilotlari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Buyurtmachi — Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʻlim vazirligi, tizimida maktabgacha taʻlim tashkilotlari mavjud boʻlgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, shuningdek, nodavlat taʻlim tashkilotlari.
Pedagog xodim — davlat va nodavlat maktabgacha taʻlim tashkilotlarida taʻlim-tarbiya faoliyatini amalga oshiruvchi pedagog kadrlar.
Pedagog xodimlar 5 yilda kamida bir marta malaka oshirishlari shart.
Malaka oshirishning toʻgʻridan toʻgʻri shakllari uchun auditoriya mashgʻulotlarining va mustaqil ishlarning eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi.
Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash dasturlarini oʻzlashtirish muddati oʻquv rejasiga kiritilgan fanlar soni hamda ularning yuklamalari hajmidan kelib chiqib belgilanadi va u 16 haftadan (576 soatdan) kam boʻlmasligi shart. Auditoriya mashgʻulotlari va mustaqil ishlarning haftalik yuklamasi eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi.
Malaka oshirish kurslaridan oʻtish jadvali har yili 15-dekabrga qadar vazirlik tomonidan tasdiqlanadi hamda buyurtmachilarga yetkaziladi.
S.Xakimov
Ohangaron shahar adliya boʻlimi YUXKM boshligʻi
1-darajali yurist