Янгиликлар
Men maktabgacha taʼlim boʻlimida 5 kunlik ish haftasida ishlayman 10 kunga bolnichniy olib keldim. Buxgalterimiz aytdiki, faqat 8 ish kuniga pul toʻlanar ekan, chunki dam olish kunlari shanba va yakshanba chiqarib tashlanar ekan. Shu toʻgʻrimi?
Men maktabgacha taʼlim boʻlimida 5 kunlik ish haftasida ishlayman 10 kunga bolnichniy olib keldim. Buxgalterimiz aytdiki, faqat 8 ish kuniga pul toʻlanar ekan, chunki dam olish kunlari shanba va yakshanba chiqarib tashlanar ekan. Shu toʻgʻrimi?
Bu holatda alohida eʻtibor qaratishimiz lozim boʻlgan holat bor. Chunki mehnatga haq toʻlashning ishbay va vaqtbay shakllariga qarab, shuningdek ish soatlarini hisoblab chiqish imkoni boʻlmagan xodimlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqalarni hisoblash tartibi farq qiladi.
“Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 55-bandiga koʻra (mehnatiga vaqtbay haq toʻlanadigan xodimlarga), nafaqani hisoblab chiqarish uchun oʻrtacha kunlik ish haqi mazkur bandda koʻrsatilgan ish haqi summasini vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik roʻy bergan oydagi barcha ish kunlariga (jadval boʻyicha) boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi (Eslatma: ushbu va keyingi barcha hollarda ish vaqti soatlari normasi doirasida tuzilgan ish jadvali nazarda tutiladi). Nafaqaning umumiy summasi kunlik nafaqani ushbu oyda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tugʻish taʻtili) tufayli ishga kelmagan ish kunlari soniga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
Masalan, agar xodimga kasallik taʻtili 10 kun muddatga berilgan boʻlsa va korxonada besh kunlik ish haftasi belgilangan boʻlsa, shanba va yakshanba chiqarib tashlanadi va vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi faqat 8 kun uchun toʻlanadi.
Nizomning 56-bandiga koʻra (Ishbay ish haqi oluvchi xodimlarga) nafaqani hisoblab chiqarish uchun oʻrtacha kunlik ish haqi Nizomning ushbu bandi va 58-bandida koʻrsatilgan ish haqini ushbu ish haqi olingan davrdagi jadval boʻyicha barcha ish kunlari soniga taqsimlash yoʻli bilan aniqlanadi. Bunda ish haqi taqsimlanadigan ish kunlar soniga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik kunlari, homiladorlik va tugʻish taʻtili, yillik (asosiy va qoʻshimcha) taʻtil, shuningdek qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollardagi ishdan ozod etilgan kunlar qoʻshilmaydi.
Nizomning 69-bandida esa esa ish soatlarini hisoblab chiqish imkoni boʻlmagan xodimlarga (uyda ishlovchilarga, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, ikkilamchi va boshqa xil ashyolarning shtatli tayyorlovchilariga, oziq-ovqat chiqindilarini yigʻuvchilarga, tarqatish va tashish savdosi sotuvchilariga, suratga olish korxonalari agentlariga va boshqa shunday toifadagi xodimlarga) nafaqa vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tugʻish munosabati bilan beriladigan taʻtilning barcha kalendar kunlariga toʻlanadi. Koʻpchilik mana shu yerda chalgʻiydi. Mana barcha kalendar kunlariga toʻlanadi deb yozib qoʻyilibdiku deb. Eʻtibor bering bu qoida ish soatlarini hisoblab chiqish imkoni boʻlmagan xodimlarga taalluqli.
S.Xakimov
Ohangaron shahar adliya boʻlimi YUXKM boshligʻi
1-darajali yurist