Янгиликлар
Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining maqsad va vazifalari.
Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining
maqsad va vazifalari.
Prezidentning 2022-yil 1-martdagi Farmoni bilan “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi” “Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi” sifatida qayta tashkil etilgan edi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil
4-noyabrdagi 645-sonli qarori bilan Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, Jamgʻarmaning asosiy maqsadi xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, jumladan:
- ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga moddiy yordam koʻrsatish;
- oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilikni tashkil etishda koʻmaklashish;
- mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar boʻyicha bilim va koʻnikmalarni egallashda ularga koʻmaklashish va ragʻbatlantirishdan iborat.
Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, shu jumladan, nogironligi boʻlgan, kam taʼminlangan oilalardagi xotin-qizlarni moddiy qoʻllab-quvvatlash Jamgʻarma mablagʻlari sarflanadigan asosiy yunalishlardan biri hisoblanadi.
Ohangaron shahar adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuristkonsulti B.Hamroyev