Янгиликлар
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349-son “Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmonning 7-bandiga ko’ra, 2018-yil 1-iyundan :

g) davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan xodimlariga beriladigan har oylik ustama miqdori davlat budjetidan, davlat budjetidan ajratilmagan bo‘lsa, ushbu tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan xodim lavozim maoshidan 100 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi;
d) davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan bo‘linma rahbarlari har yil yakunlari bo‘yicha Vazirlik qarori asosida axborot tizimlari, elektron davlat xizmatlari va axborotlashtirishni joriy etish rejalari va dasturlarining o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilganligi uchun, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha (30 million so’mgacha) miqdorda mukofotlanadi.
S.Xakimov
Ohangaron shahar adliya boʻlimi YUXKM boshligʻi
1-darajali yurist