Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 122-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi buyrug‘i qabul qilindi.

[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 28-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3113-8]
Unga ko‘ra, Meros tarkibida boshqarishni talab qiladigan mol-mulk, shu jumladan yagona ta’sischiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkorning mol-mulki mavjud bo‘lsa, shuningdek meros qoldiruvchining kreditorlari merosxo‘rlar tomonidan merosni qabul qilib olguniga qadar da’vo qo‘zg‘atgan hollarda, notarius meros mol-mulkining boshqaruvchisini tayinlaydi va bu haqda qaror chiqaradi.
Ushbu buyruq rasmiy e’lon qilingandan keyin kuchga kiradi.
Parkent tumani adliya
bo‘limi bosh maslahatchisi A.Xamdamov