Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLARGA MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARI EKSPORTINI AMALGA OSHIRISH UCHUN MULKIY HUQUQLAR DAXLSIZLIGI BERILDI


YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLARGA MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARI EKSPORTINI AMALGA OSHIRISH UCHUN MULKIY HUQUQLAR DAXLSIZLIGI BERILDI

Mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasini yaratishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-avgustdagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-198-son farmoniga muvofiq:

2022-yil 10-noyabrdan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlarga oldindan to‘lov, ochilgan akkreditiv, rasmiylashtirilgan bank kafolati va eksport shartnomasini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilish bo‘yicha polis mavjud bo‘lmasdan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish huquqi berildi. Yuridik shaxslar — meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilari meva-sabzavot mahsulotlari eksportini dastlabki to‘lovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda eksport shartnomasini siyosiy va tijorat xavflaridan sug‘urta polisisiz amalga oshirish huquqiga ega bo’ldilar.

Xususiy mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqini bevosita yoki bilvosita cheklashni nazarda tutuvchi, mulkiy munosabatlarda bozor iqtisodiyoti tamoyillarini to‘liq joriy etishga to‘sqinlik qiluvchi tartiblar, talablar va cheklovlar 2022-yil 1-sentabrdan boshlab bekor qilindi.

Mamlakatimizda eksport saloxiyatini kengaytirishda meva-sabzavot mahsulotlari eksportining to‘laqonli rivojiga to‘sqinlik qilayotgan g‘ovlarni bartaraf etish, eksport faoliyatining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini takomillashtirilmoqda. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Bulardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3351-son qarori 1-bandining “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisidan birinchi jumla chiqarib tashlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-noyabrdagi “Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3377-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshisidagi “yuridik shaxslar” so‘zlari “tadbirkorlik subyektlari” so‘zlari bilan almashtirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-oktabrdagi “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3978-son qarori 1-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “yuridik shaxslar” so’zlari “tadbirkorlik subyektlari” so’zlari bilan almashtirildi.

Ushbu farmon qabul qilinishidan maqsad tashqi savdo faolyatini yanada rivojlantirish va tadbirkorlarni qo’llab quvvatlash. Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat.

 

 

Parkent tumani adliya bo’limi yuridik

xizmat ko’rsatish markazi bosh

yuriskonsulti D.P.Tojiboyev