Янгиликлар
KO’CHMAS MULKKA BO’LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO’YXATIDAN O’TKAZISH BO’YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN HUQUQIY ISLOHOTLAR.
KO’CHMAS MULKKA BO’LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO’YXATIDAN O’TKAZISH BO’YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN HUQUQIY ISLOHOTLAR.
Mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasini yaratish, ushbu huquqlarni cheklayotgan omillarni bartaraf etish, mulkdorlar huquqlarinin kafolatlarini kuchaytirish bo’yicha mamlakatimizda davomli va uzluksiz ishlohotlar amalga oshirib kelinmoqda.
So‘nggi yillarda mamlakatda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatga olishni takomillashtirish, davlat kadastrlarini yuritish, ushbu sohadagi axborotlarni shakllantirish bo‘yicha bir qator tub o‘zgarishlar amalga oshirildi.
Ma’lumki, Fuqarolik kodeksining 84-moddasiga ko’ra, ko‘chmas mulkka egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxslarga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerakligi belgilangan.
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish sohasida Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom sohadagi asosiy manbaa bo’lib kelmoqda edi.
Joriy yilning, 28-noyabr kuni O’zbekiston “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kirishi belgilandi.
Qonunning 1-moddasiga asosan uning amal qilishi yer uchastkalarini, binolar, inshootlar, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar, mulkiy majmua sifatidagi korxonalarga bo’lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga nisbatan tatbiq etilishi, bunda yer osti boyliklariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilandi.
Qonunga asosan, identifikatsiya qilishga oid ma’lumotlar, kadastr pasporti, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni birlamchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning cheklanishi, obyektning kadastr raqami tushunchalariga batafsil ta’rif berib o’tildi.
Shuningdek, qonunga asosan sohada umumiy va maxsus vakolatli organlar belgilangan bo’lib unga ko’ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi.
Ma’lumki, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish davlat reyestriga yozuv kiritish orqali amalga oshirililadi.
Qonunning 21-moddasida aynan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ro‘yxatdan o‘tkazuvchi yoki bosh ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tomonidan davlat reyestriga yozuv kiritish orqali amalga oshirilishi belgilab o’tildi.
Shuningdek, qonunda koʻchmas mulkka boʻlgan quyidagi huquqlar
– mulk huquqi;
– doimiy egalik qilish huquqi;
– doimiy foydalanish huquqi;
– meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
– ijara huquqi;
– ikkilamchi ijara huquqi;
– xoʻjalik yuritish huquqi;
– operativ boshqarish huquqi
– servitut va boshqalar davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Binolarga, inshootlarga hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish ushbu koʻchmas mulk joylashgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.
Parkent tumani adliya bo’limi Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti D.Turdaliyev