Янгиликлар
Geografik obyektlarga nom berishda aholining fikri o‘rganiladi!
Geografik obyektlarga nom berishda aholining fikri o‘rganiladi!
O‘zbekiston Respublikasining 02.11.2022 yildagi O‘RQ-799-son Qonuniga muvofiq geografik obyektlarga jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ism-sharifini berishga yo‘l qo’yiladi.
Bunda O‘zbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning isni-sharifini berish ularning vafotidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga asosan hamda, qoida tariqasida, nomlari mavjud bo’lmagan aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nisbatan amalga oshiriladi.
Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risida takliflar tayyorlash jarayonida mahalliy aholining fikri hisobga olinadi.
Takliflar kelib tushgandan keyin muhokama qilish uchun ularni besh ish kunida tegishli organlar o‘zlarining rasmiy nashrlarida rasmiy veb-saytlarida, shuningdek ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.
Shuningdek, takliflar muhokamasi ular e’lon qilingan sanadan e’tiboran o‘n besh kundan kam bo‘lmasligi kerak.
Parkent tumani adliya
bo‘limi boshlig‘i G.Roxmonkulov