Янгиликлар
IQTISODIYOT SOHASIDA BIRJA MEXANIZMLARINI YANADA RIVOJLANTIRISH VA BIRJA SAVDOLARINI RIVOJLANTIRISH BO’YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR
IQTISODIYOT SOHASIDA BIRJA MEXANIZMLARINI YANADA RIVOJLANTIRISH VA BIRJA SAVDOLARINI RIVOJLANTIRISH BO’YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR
Ma’lumki, so’ngi yillarda mamlakatimizda birja savdo operatsiyalarini kengaytirish, tovar-xomashyo birjalari, ular ishtirokchilari faliyatini takomillashtirish, sohada zamonaviy mexanizmlarini amaliyotga keng joriy etish bo’yicha ko’plab chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-noyabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlarida birja mexanizmlaridan foydalanishni kengaytirish hamda birja savdolarini tartibga solish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-430-son qarori aynan sohani yanada rivojlantirish birja savdo operatsiyalarini yanada kengaytirish, tovar-xomashyo birjalari va ularning professional ishtirokchilari faoliyatini tartibga solish, tovar derivativlari, shu jumladan fyuchers savdolarini tashkil etishning zamonaviy mexanizmlarini amaliyotga keng joriy etish maqsadida qabul qilingan.
Qarorga asosan, tadbirkorlik faoliyati sohasida bir qator qulayliklar belgilandi.
Jumladan, - tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishda ularni bir vaqtning o‘zida birja tizimida akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi joriy etilishi belgilandi. Xorijiy yetkazib beruvchilar tomonidan davlat xaridlari tizimida ishtirok etish uchun majburiy tartibda elektron raqamli imzo olish talabi bekor qilindi. Tadbirkorlik subyektlarining yuqori likvidli va monopol bo‘lmagan mahsulotlarini birja savdolari orqali sotish uchun istiqbolli tovarlar seksiyasi tashkil etilishi belgilab o’tildi.
Tadbirkorlik subyektlariga, o‘z xohishiga ko‘ra, birjadan tashqari to‘g‘ridan to‘g‘ri tuzilgan shartnomalar bo‘yicha birjaning hisob-kitob-kliring tizimi orqali kafolatli hisob-kitob xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratilishi belgilandi.
Bundan tashqari, mahsulotlarni “forvard” bitimlari asosida sotish tartibi birja savdolari orqali tuziladigan eksport-import shartnomalariga nisbatan ham qo‘llanilishi belgilab o’tildi.
Shuningdek, qarorning 2-bandiga asosan 2022-yil 1-dekabrdan 2024-yil 1-yanvarga qadar monopol korxonalar va (yoki) ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, ustav fondi (kapitali)ning 50 foizi va undan ortig‘i ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan po‘lat shar, metall list prokati, suyuq uglerod oksidi, texnik kislorod, va boshqalar, monopol bo‘lmagan va (yoki) ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lgan yoki davlat ulushi mavjud bo‘lmagan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan metall list prokati va sement - ishlab chiqarish hajmining kamida 50 foizi 2022-yil 1-dekabrdan 2024-yil 1-yanvarga qadar ichki bozorda faqat birja savdolari orqali realizatsiya qilinishi belgilandi.
Qolaversa, Qarorning 4-bandiga ko’ra davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan birja savdolari natijalariga ta’sir etuvchi, shu jumladan tovar bozori ishtirokchilari hamda ular tomonidan beriladigan narxlarga cheklovlar o‘rnatish yuzasidan qarorlar qabul qilinishi yoki ko‘rsatmalar berilishi taqiqlandi.
Qarorda belgilangan ushbu qoidalar sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, tadbirkorlik faoliyatini, mamlakat iqtisodiyotni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi shubxasiz
Parkent tumani adliya bo’limi Yuridik
xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i S.Xasanboyev