Янгиликлар
Yoshlarni nikoh oldi tibbiy ko`rikdan o`tkazish tartibi
Yoshlarni nikoh oldi tibbiy ko`rikdan o`tkazish tartibi
Sog`lom oilani shakillantirish uchun shart sharoitlar yaratish irsiyat bilan bog`liq va tug`ma kasalliklarga chalingan bolalar tug`ilishining oldini olish nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko`rikdan o`tkazishning maqsadi xisoblanadi.
Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko`rikdan o`tkazish to`g`risidagi nizom 2003 yil 25 avgustda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasinig 365 son qarori bilan tasdiqlangan va 2004 yil 1 yanvardan qonuniy kuchga kirgan. Tibbiy ko`rik O`bekiston respublikasi Oila kodeksining 17 moddasiga asosan amalga oshiriladi va fuqarolar sog`lig`ini saqlash to`g`risida, psixiatriya yordami to`g`risida, OIV /OITS oldini olish to`g`risida , aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to`g`risidagi O`zbekiston Respublikasi qonunlari , ushbu nizom va boshqa qonunlar bilan tartibga solinadi. Nikohlanuvchi shaxslar ushbu nizomga muvofiq psixik, narkologik, teri –tanosil kasalliklar, sil kasalligi, OIV/OITS yuzasidan tibbiy ko`rikdan o`tkaziladi.
Mazkur nizom amal qilishi nikohlanuvchi shaxslarning fuqaroligidan qat`iy nazar barcha nikohlarga joriy qilinadi.Nikohlanuvchi shaxslar ellik yoshgacha majburiy ellik yoshdan o`tganlarga ularning roziligi bilan o`tkaziladi.
Tibbiy ko`rikdan doimiy yashash, vaqtincha ro`yxatga qo`yilgan joydagi markaziy poliklinikadan o`tkaziladi xozirgi kunda nikohlanuvchilar nikohni ro`yxat qildirgan FHDYo xududidagi markaziy poliklinikadan xam tibbiy ko`rikdan o`tishlari mumkin. Tibbiy ko`rikdan o`tish muddati nikohlanuvchi shaxslar tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan kundan boshlab ikki xaftadan oshmasligi kerak. Nikohlanuvchi shaxslar o`z xizmati yoki ish faoliyat turiga qarab muayyan tibbiyot muassasasiga biriktirilgan bo`lsa u mazkur muassasada ko`rikdan o`tkaziladi. Ozodlikdan maxrum qilish joylardagi shaxslarning tibbiy ko`rigi O`zbekiston Respublikasi IIV tibbiyot muassasasida o`tkaziladi.
Xulosa qilib aytganda tibbiy ko`rikdan o`tishning afzalliklari juda ko`p masalan qarindosh urug`chilik o`rtasidagi nogiron farzandlar tug`ilishini oldini olish, irsiy va yuqumli kasalliklarni yuqishini oldini olish, sog`lom va barkamol farzandlar tug`ilishini ta`minlashda muxum ro`l o`ynaydi.
Parkent tumani 2-son FHDY
bo`limi 1-toifali inspektori X.Ikromova