Янгиликлар
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan joriy yil 24-noyabrda “Statistika maʼlumotlarini taqdim etish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 672–son Qarori qabul qilindi

Reglamentga koʻra, fuqarolar mazkur davlat xizmati doirasida statistika dasturi va faoliyatida yuritiladigan statistik tasniflar asosida shakllantiriladigan maʼlumotlar, shuningdek ochiq manbalarda eʼlon qilinadigan maʼlumotlarni olishi mumkin.
Quyidagilar davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun asos boʻladi:
- tarkibida davlat sirlari va qonunchilik bilan qoʻriqlanadigan boshqa sir boʻlgan, shuningdek individual maʼlumotlarni soʻrash;
- shakllantirilishi statistika dasturida nazarda tutilmagan yoki shakllantirish muddati hali kelmagan statistika maʼlumotlarini soʻrash;
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
-Davlat xizmati doirasida olingan statistika maʼlumotlarini tarqatishda (qayta chop etishda) maʼlumot olingan manbaga majburiy tartibda havola berilishi shart.
-Taqdim etiladigan har bir statistik maʼlumotni shakllantirish uchun BHMning 0,08 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Parkent tumani adliya boʻlimi
yetakchi maslahatchisi Mirxomidov Mirbunyod Miragzam oʻgʻli