Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Pensiyani hisob-kitob qilishda yangi tartib


Pensiyani hisob-kitob qilishda yangi tartib

 

2022-yil 19-sentyabrdagi qonun bilan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish kiritildi

Kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, otasidan ham, onasidan ham judo boʻlgan (chin yetim) bolalarning boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalarini oshirish ota va ona ish haqlarining umumiy miqdoridan kelib chiqib, pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 12 baravari miqdorida amalga oshirilishi belgilandi. Ilgari 10 baravari edi.

Shuningdek, pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 baravaridan

12 baravariga oshiriladi.

Ushbu tartiblar 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Eslatib oʻtamiz, hozirgi kunda Oʻzbekistonda pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori 324 ming soʻmni tashkil etadi.

 

Nurafshon shahar adliya boʻlimi boshligʻi

3-darajali adliya maslahatchisi

Ibrohim Xatamov