Янгиликлар
Uy ishchisiga – mehnat staji
Uy ishchisiga – mehnat staji
Men biror bir rasmiy ishda ishlamayman, odamlarning uy ishlarini haq evaziga bajarib yuraman. Oddiygina aytganda oqsochlik qilaman. Pensiyaga chiqadigan boʻlsam, bu kabi ishim uchun biror bir imtiyoz boʻladimi?
K.Nasriddinova,
Nurafshon shahri.
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida uy ishchilarini yollash masalasida tartib joriy etilmoqda. Masalan, uyga oqsoch, bogʻbon, enaga, haydovchilar yollashni moddiy holati yetarli shaxslar xohlaydi, lekin buning huquqiy tartibi yoʻq edi. 30-apreldan kuchga kiradigan Yangi Mehnat kodeksida bor.
Uy ishchilari kimlar? Ish beruvchilarchi? 16 yoshdan oshgan, tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan shaxsiy ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun ishlarni bajaruvchi, xizmatlar koʻrsatuvchi xodimlardir. Bunda ish beruvchi boʻlib oddiy jismoniy shaxslar ham boʻlishi mumkin. Mehnat shartnoma qanday tuziladi? Mehnat shartnomasi uch nusxada tuziladi. Bitta nusxa yollanma ishchida, bitta nusxa ish beruvchi jismoniy shaxsda, bitta nusxa soliq organlarida boʻladi (xuddi ijara shartnomasidek). Nomuayyan va muddatli tuzilishi mumkin. Uy egasi ishchini oziq-ovqat va uy-joy bilan taʼminlaydigan boʻlsa, bu shartnomada belgilanishi kerak. Uy ishchisi yollash uchun buyruq chiqarilmaydi. Mehnat daftarchasi yuritilmaydi. Ish haftasi va yillik taʼtil Mehnat kodeksidagi boshqa xodimlar kabi boʻladi. Shartnoma bekor qilish: Shartnoma ish beruvchi boʻlgan jismoniy shaxs vafot etganda avtomatik bekor boʻladi. Xodimning oʻz vazifalari bir marta qoʻpol ravishda buzishlar roʻyxati shartnomada keltirsa boʻladi. Birontasini qilib qoʻysa xodim boʻshatiladi. Xodim oʻz xohishi bilan bekor qilmoqchi boʻlsa, 7 kun oldin ogohlantirib boʻshab ketaveradi. Ish staji faqatgina ijtimoiy soliq toʻlanganda hisobga olinadi.
Ibrohim Xatamov,
Nurafshon shahar Adliya boʻlimi boshligʻi.