Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

NIKOHNING HAQIQIY EMAS DEB TOPISh ASOSLARI


 

 

               NIKOHNING HAQIQIY EMAS DEB TOPISh ASOSLARI

O‘zbekiston Respubliksi Oila kodeksiga ko‘ra nikoh quyidagi hollarda haqiqiy emas deb topiladi:

ushbu Kodeksning 14—16-moddalarida belgilangan shartlar buzilgan taqdirda; ya'ni, Nikoh taraflar o‘rtasida   ixtiyoriy ravishda tuzilmaganda, Nikoh yoshi, 18 yoshga to‘lmadan nikoh tuzilganda, loaqal bittasi ro‘yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o‘rtasida; nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida; loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o‘rtasida nikoh tuzilganda, soxta nikoh tuzilganda, ya'ni er-xotin yoki ulardan biri oila qurish maqsadini ko‘zlamay nikoh qayd qildirganda;nikohlanuvchi shaxslardan biri tanosil kasalligi yoki odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV kasalligi) borligini ikkinchisidan yashirganda, agar ikkinchisi sudga shunday talab bilan murojaat etsa.

        Nikohni haqiqiy emas deb topish faqat sud tartibida ko‘rib chiqlib hal qilinadi.

Nikohni haqiqiy emas deb topish haqida sudning qonuniy kuchga kirgandan so‘ng hal qiluv qaroridan nusxa berilayotganda pasportga yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatga tegishli belgi qo‘yiladi.

Bekobod shahar FHDYo bo‘limi mutaxassisi                                 M.Urinboyeva