Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Jamiyatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oshirish, ularning bandligini ta'minlash va salomatligini mustahkamlash borasida yangi hukumat qarori qabul qilindi.


                                                                  

Jamiyatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oshirish, ularning bandligini ta'minlash va salomatligini mustahkamlash borasida yangi hukumat qarori qabul qilindi.

 

Vazirlar Mahkamasining   2022 yil 8 noyabrdagi 650-sonli qarori bilan Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta'minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

           Nizomga ko‘ra, mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta'minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari har bir mahallada tashkil etiladi va yuridik shaxs hisoblanmaydi.

Markazlarda bitta ijtimoiy loyiha doirasida 20 nafargacha xotin-qizlarning doimiy bandligini ta'minlash maqsadida har bir bandligi ta'minlanadigan ishsiz xotin-qiz uchun Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tadbirkorlik sub'ektlariga belgilangan tartibda   3 million so‘mdan oshmagan miqdorda davlat granti ajratiladi.

Davlat granti quyidagi,

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga, shuningdek “Ayollar daftari”ga kiritilgan;

ishsiz, ayniqsa, qishloq joylarda bola tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan;

xorijiy mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan;

nogironligi bo‘lgan mehnatga layoqatli ishsiz;

norasmiy bandlikni qisqartirish maqsadida kundalik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib, daromad topayotgan;

odam savdosidan hamda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, mushkul iqtisodiy ahvolga tushib qolgan;

umumiy o‘rta va professional ta'lim muassasalarini tugatgan, oliy ta'lim muasasalariga o‘qishga kira olmagan yoki oliy ta'limda o‘qish uchun imkoniyati bo‘lmagan ishsiz xotin-qizlar;

muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilgan, profilaktik ro‘yxatga olingan, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan xotin-qizlarni kasb-hunarga, tadbirkorlikka o‘qitish, bandligini ta'minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga ko‘maklashishga qaratilgan loyihalar uchun ajratiladi.

 

Bekobod shahar FHDYo bo‘limi mutaxassisi                                 M.Urinboyeva