Янгиликлар
Endi yo‘qolgan ashyolar bo‘yicha xizmatlarni Davlat xizmatlari markazlari ko‘rsatadi.
Endi yo‘qolgan ashyolar bo‘yicha xizmatlarni Davlat xizmatlari markazlari ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 18.01.2022 yildagi 28-son qarori bilan IIV tizimidagi «Topilmalar stoli» faoliyati tugatiladi, uning o‘rniga topilmalarni qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish bo‘yicha xizmatlar DXM tomonidan ko‘rsatiladi. Topilmalar 6 oygacha saqlanadi, agar bu vaqt ichida egasi aniqlanmasa, ashyo davlat mulkiga o‘tadi va auksionda sotib yuboriladi.
IIV tizimidagi «Topilmalar stoli» faoliyati tugatiladi. Bu Hukumatning 18 yanvardagi «Yo‘qolgan ashyolarni qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 18.01.2022 yildagi 28-son qarorida qayd etilgan.
2022 yil 1 martdan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari (DXM) tomonidan yo‘qolgan va topib olingan ashyolarni qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarishyoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatila boshlandi.
Bu bo‘yicha murojaatlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ham qabul qilish yo‘lga qo‘yiladi.Реклама
Bunda o‘zining yoki yaqin qarindoshlarining (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari) yo‘qolgan ashyolarni topish bo‘yicha jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning vakillari DXMga shaxsan kelib yoki YAIDXP orqali murojaat qiladi.
So‘rovnoma to‘ldirilib, unga yo‘qotib qo‘yilgan ashyoning alohida belgilarini aks ettiruvchi fotosuratlar, elektron ma’lumotlar, agar ashyo hujjat bo‘lsa, uning nusxalari ilova qilinishi mumkin.
Topib olingan ashyolar DXMda 6 oy davomida saqlanadi. Agar bu vaqt ichida topilmani olishga haqli bo‘lgan shaxs aniqlanmasa, ashyoni topib olgan shaxsga uning ashyoga nisbatan mulk huquqi vujudga kelganligi to‘g‘risida xabar beriladi. Ashyoni topib olgan shaxs uni qabul qilib olishni rad etgan taqdirda, ashyo davlat mulkiga o‘tadi hamda 3 ish kunida «E-auksion» savdo maydonchasida elektron auksionga qo‘yiladi.
Markazga kelib tushgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, guvohnomalar va turli xil rasmiy hujjatlar 1 oy ichida egalari tomonidan talab qilinmagan taqdirda, ushbu hujjatni bergan tashkilotga yuboriladi.
Yo‘qolgan ashyoning topilmaganligi haqida ma’lumotnoma berilgani uchun BHMning 5 foizi miqdorida to‘lov undiriladi.
Ariza «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan berilganda, to‘lov BHMning 2 foizi miqdorida undiriladi.
Mazkur tartib jinoyat va ma’muriy huquqbuzarliklar oqibatida yo‘qolgan ashyolarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Markazga xususiyati buziladigan, biologik tarkibga ega bo‘lgan, turi, shakli, miqdori o‘zgaradigan ashyolar, iste’mol qilinadigan mahsulotlar, avtomototransportlar, dori vositalari, qattiq ta’sir qiluvchi zaharli moddalar, psixotrop va giyohvandlik vositalari, ularning prekursorlari, portlovchi va pirotexnik moddalar, qurollar va ularning o‘q-dorilari, shuningdek, hayvonlar qabul qilinmaydi.
Bekobod tumani Adliya bo’limi Davlat xizmatlari
Xisoblash texnikasi operatori Kasimova Marg`uba Asatullayevna