Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

IPOTEKA KREDITIGA DAVLAT SUBSIDIYASINI OLISH UCHUN DAVLAT XIZMATIDAN FOYDALANISHDA FUQAROLARGA YARATILGAN YANGI QULAYLIKLAR


IPOTEKA KREDITIGA DAVLAT SUBSIDIYASINI OLISH UCHUN DAVLAT XIZMATIDAN FOYDALANISHDA FUQAROLARGA YARATILGAN YANGI QULAYLIKLAR

     Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida nizomiga asosan

Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olish istagida bo‘lgan fuqarolarga, jumladan, quyidagi qulayliklar mavjud:

Ariza beruvchining o‘rtacha oylik daromadi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 barobardan 2,7 barobarga kamaytirilgan;

Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatga olingan fuqaro Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olishga haqli;

Ariza beruvchi ariza rasmiylashtirish jarayonida belgilangan ma’lumotnomalar va hujjatlar nusxalarini taqdim etmaydi, faqatgina so‘rovnomani to‘ldirishi kifoya;

Mas’ul tashkilotlar ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqlini o‘rganib chiqish muddati 14 ish kunidan 7 ish kunga kamaytirilgan.

 

 

                                          Bekobod tumani Adliya bo’limi Davlat xizmatlari

                       markazi bo’lim boshlig’i Xudaynazarov Mirzoxid Begjonovich