Янгиликлар
RUHIY KASALLIKLAR BO‘YICHA DISPANSER HISOBIDA TURISH YOKI TURMASLIK TO‘G‘RISIDAGI MA’LUMOTNOMANI OLISH TARTIBINI BILASIZMI?
RUHIY KASALLIKLAR BO‘YICHA DISPANSER HISOBIDA TURISH YOKI TURMASLIK TO‘G‘RISIDAGI MA’LUMOTNOMANI OLISH TARTIBINI BILASIZMI?
Ushbu xizmat Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-yanvardagi 18-sonli qarori bilan tartibga solinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi vakolatli organ xisoblanadi.
Murojaatlar qabul qilinadi:
– Davlat xizmatlari markazi;
– YIDXP – my.gov.uz orqali.
Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy shaxslar
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 6 000 so'm (BHMning 2,0 foizi)
Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.
Arizani ko‘rib chiqish muddati –real vaqt rejimida.
Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6191-son Farmoni bilan 2021-yil 1-iyundan boshlab davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari tomonidan Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g'risidagi ma'lumotnoma talab qilinmaydi.
Bekobod tumani Adliya bo’limi Davlat xizmatlari
markazi bosh mutaxssasisi Kanjarova Gulnoza Abdumalikovna