Янгиликлар
SPORT HAKAMLARIGA MALAKA TOIFALARI DXM ORQALI BERILADI
SPORT HAKAMLARIGA MALAKA TOIFALARI DXM ORQALI BERILADI
Hukumat qarori (365-son, 06.07.2022-y.) bilan sport hakamlariga malaka toifasini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi
Reglamentga koʻra, Sport hakamlariga quyidagi malaka toifalari beriladi:
▫️xalqaro toifali sport hakami;
▫️milliy toifali sport hakami;
▫️birinchi toifali sport hakami;
▫️ikkinchi toifali sport hakami;
▫️uchinchi toifali sport hakami;
▫️sport boʻyicha hakam.
Davlat xizmati davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP (https://my.gov.uz/uz) orqali Sportni rivojlantirish vazirligi va hududiy boshqarmalar (vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladi.
Arizaga shaxs faoliyat yuritayotgan tashkilot tomonidan berilgan malaka toifasini berish toʻgʻrisidagi taqdimnoma ilova qilinadi.
Davlat xizmati koʻrsatganlik uchun BHMning 1 baravari (300 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.
Vakolatli organ ariza kelib tushgan kuni qaror qabul qilish uchun malaka komissiyasiga kiritadi.
Malaka komissiyasi 1 oyda bir marta chaqiriladi.
Malaka komissiyasi ariza beruvchi tomonidan yuborilgan hujjatlarni 3 ish kuni ichida koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
Bekobod tumani Adliya bo’limi Davlat xizmatlari
bo’limi boshlig’i Berdikulov Xasan G’ulomjonovich