Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish boshlandi.


Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish boshlandi.

 

Yo‘llanmalar KIMLARGA BERILADI ?

Quyidagi toifadagi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladi

urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;

halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlari (beva erlari);

respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;

Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;

yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar;

I va II-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;

o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar;

yoshga doir pensiya oluvchilar.

Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar yoki ularning vakillari davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga kelib murojaat etadilar yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadilar.

Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun yig‘im undirilmaydi.

 

Bekobod tumani Adliya bo`limi DXM Bosh mutaxassisi Arziqulova Moxira Xasanboyevna