Янгиликлар
Konstitutsiya — inson huquq va erkinliklarini ta’minlashning bosh mezoni
Konstitutsiya — inson huquq va erkinliklarini ta’minlashning bosh mezoni
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi milliy saylov tizimini va jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarini demokratik rivojlantirishda, shubhasiz, doim asosiy hujjat bo‘lib xizmat qiladi.
Konstitutsiyamizda fuqarolarning saylash va saylanish huquqi, milliy saylov tizimining asoslari mustahkamlab qo‘yilgan. Bu qoida va me’yorlar Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan boshqa xalqaro huquqiy hujjatlarda o‘z ifodasini topgan va umume’tirof etilgan demokratik prinsiplarga mosdir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining alohida XXIII bobi mamlakatimiz saylov tizimiga bag‘ishlangan. Sohaga bunday yuksak e’tiborni barcha rivojlangan mamlakatlarning Konstitutsiyasida ham uchratavermaysiz. Ushbu bobda demokratik saylovlarni o‘tkazishga doir barcha jarayonlarning eng muhim prinsiplari, mazmun-mohiyati aniq belgilab berilgan.
Mamlakatimiz saylov komissiyalari tizimiga faoliyatining asosiy prinsiplari mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilikdan iborat bo‘lgan Konstitutsiyaviy organ maqomiga ega O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi rahbarlik qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan so‘ngi yillarda mamlakatimiz saylov tizimini xalqaro normalar va tamoyillarga moslashtirish, saylovchilar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish va fuqarolarning erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Xalqimiz hayotini tubdan yaxshilash, inson huquqlarini, jumladan, saylov huquqini, erkinliklarini, qonun ustuvorligi va ijtimoiy adolatni keng ta’minlash borasidagi muhim o‘zgarishlar hozirgi, pandemiya sharoitida o‘z-o‘zidan bo‘layotgani yo‘q, albatta. Buni chuqur anglab yetgan xalqimiz amalga oshirilayotgan islohotlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda va o‘zgarishlar jarayonida faol ishtirok etmoqda.
Bekobod tuman adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish
markaz bosh yuriskonsulti X.Rizakulov