Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

ER VA XOTINNING SHAXSIY HUQUQ VA MAJBURIYATLARI


ER VA XOTINNING SHAXSIY HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

      Er va xotinning majburiyatlarining vujudga kelishi O`zbekiston Respublikasi oila kodeksiga muvofiq– nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida ro`yxatga olingan paytdan boshlab nikohni tuzganlar er-xotin deb xisoblanadilar va shu paytdan e`tiboran ular o`rtasida er xotinlik huquq va majburiyatlari vujudga keladi. Oilada er vaxotin teng huquqlardan foydalanadilar va ular teng majburiyatlarga egadirlar.

Er vaxotinning shaxsiy huquq va majburiyatlariga:

-         familiya tanlash huquqi;

-         bolalar tarbiyasi va oila turmush masalalarini hal qilish huquqi;

-         er vaxotinning mashg`ulot turi, kasb va turar joy tanlash huquqlari kiradi.

      Er va xotinning family tanlash huquqi: nikoh tuzish vaqtida er va xotin o`z xoxishi bilan eri yoki xotinining familiyasini umumiy familiya qilib tanlaydi yoki ularning har biri nikohgacha bo`lgan o`z familiyasini saqlab qoladi. Er va xotindan birining o`z familiyasini o`zgartirishi boshqasining ham familiyasi o`zgarishiga olib kelmaydi.

     Er va xotinning bolalar tarbiyasi va oila turmush masalalarini hal qilish huquqi: bolalar tarbiyasi va oilaviy turmushning boshqa masalalarini er va xotin birgalikda hal qiladilar.

     Er vaxotinning mashg`ulot turi, kasb va turar joy tanlash huquqi: er vaxotinning har biri mashg`ulot turi, kasb va turish xamda yashash joyini tanlashda erkindirlar.

     Shu va boshqa er va xotinning shaxsiy huquq va majburiyatlari:

    -   oila kodeksi;

    - u asosida qabul qilingan qonun hujjatlari;

    - O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qonunlari, qarorlari, farmonlari, farmoishlari:

    - O`zbekiston Respublikasi oliy majlisi chiqargan qarorlar va qonunlari va boshqa xujjatlar bilan belgilanadi.

     Agarda xalqaro xuquqning umume`tirof etilgan qonunlari bilan yuqoridagilarda tafovut mavjud bo`lsa, xalqaro huquq normalari qo`llaniladi.

 

 

Bekobod tumani FHDYo bo`limi mudirasi:                                        N.O.Tashpulatova