Янгиликлар
NIKOHNI QAYD ETISHDA EKSTERRITORIAL TAMOYILINI QO`LLASH VA NIKOHNI QAYD ETISHDAGI QULAYLIKLAR
NIKOHNI QAYD ETISHDA EKSTERRITORIAL TAMOYILINI QO`LLASH VA NIKOHNI QAYD ETISHDAGI QULAYLIKLAR
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.03.2021 yil 6191 sonli farmoniga asosan 2021 yil 1 iyundan boshlab FHDYo organlarida eksterritorial tamoyili asosida:
- tug`ilish;
- nikox tuzilganligi;
- nikohdan ajralganlik;
- o`lim;
- tug`ilish, nikoh, nikohdan ajralganlik va o`lim haqida takroriy guvohnomalar berish;
- dalolatnoma yozuvlariga o`zgartirish, tuzatish va qo`shimchalar kiritish;
- dastlabki dalolatnoma yozuviga qo`shimcha kiritish;
- otalikni belgilash;
- yolg`iz onalarning arizalari asosida tug`ilishni qayd etish;
- otalikni belgilash;
- ism familiya ota simini o`zgartirish
va shu kabi bir qator Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida amalga oshiriladigan harakatlar ushbu tamoyil asosida bajarilayotganligi sababli, fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiliklariga chek qo`yildi. FHDYo sohasida 60 mlndan ortiq qog`oz ko`rinishidagi arxiv xujjatlari elektronlashtirildi. Natijada, endilikda eksterritoeial xizmatlarni bajarish imkoniyati paydo bo`ldi. Bu xizmatni arxiv xujjatlarini elektron bazaga kiritmasdan turib amalga oshirish imkonsiz edi.
Eksterritorial tamoyili o`zi nima?!
Bu fuqaro qaysi joyga doimiy yoki vaqtinchayashash joyiga ro`yxatga o`tishidan qat`iy nazar, O`zbekistonning istalga hududida qayd etilgan fuqarolik holati dalolatnomalari organlarida saqlanayotgan d/yolar asosida o`zi uchun zarur bo`lgan xujjatlarni olishi mumkin. Buning uchun ortiqcha vaqt va kuch sarflab ovora bo`lishi shart emas. Bularning barchasi tizim orqali amalga oshirilmoqda. Nikohni qayd etishda eski tartib bo`yicha fuqarolar, ya`ni kelin yoki kuyovning doimiy yashash joyidagi FHDYoga murojaat qilishlari kerak edi, ya`ni kuyov Xorazmdan, kelin esa Qashqadaryoda bo`lsa ular faqat ikkisidan birining doimiy yashash joyidagi FHDYoga murojaat qilishi zarur edi. Hozirgi kunga kelib esa ular o`zlarining doimiy yashash joylarida turib electron tartibda ariza tashlash imkoniyatiga ega. Tibbiy ko`rikdan ham huddi shu tartibda o`tish imkoniyati yaratilgan va bu sohada bir qator qulayliklar hanuzgacha yaratilib kelinmoqda.
Bekobod tumani FHDYo bo`limi II toifali inspektori: S.N.Muxiddinova