Янгиликлар
NIKOHGA KIRISH UCHUN ARIZALARNI ELEKTRON TARTIBDA TOPSHIRISH
NIKOHGA KIRISH UCHUN ARIZALARNI ELEKTRON TARTIBDA TOPSHIRISH
Bugungi kunga kelib, FHDYo sohasida bir qator o`zgarishlar amalga oshirilmoqda, jumladan nikohga kirish uchun arizalarni My.gov.uz sayti orqali online topshirish imkoniyati yaratilgan. Bunda fuqarolardan ERI kalit yani electron imzo talab qilinadi. Fuqarolar talab qilingan ma`lumotlar bilan tegishli ustunlarni to`ldiradilar. Ushbu ariza fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlariga kelib tushganidan so`ng bir ish kuni mobaynida ko`rib chiqilib, fuqarolar uchun FHDYo organi hodimi tomonidan tibbiy ko`rik uchun yo`llanma shakillantiriladi. Fuqarolar agarda uzurli sabablar bo`lmasa ariza topshirgan kundan boshlab to`lliq o`ttiz kun o`tganidan so`ng, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomani olish uchun FHDYo organiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va tibbiy ko`rik xulosasi bilan birga murojaat qiladilar. Agarda oila kodeksining tegishli moddalarida ko`rsatilgan holatlar, jumladan
- kelin homiladorligi;
- nikohga kiruvchi shaxslarning o`rtasida farzandlari borligi;
- kuyov harbiy xizmatni o`tayotgan bo`lsa, ta`til chiptasiga asosan;
nikoh muddati qisqartirilishi mumkin. Yuqorida ko`rsatilgan holatlardan, agarda kelin homilador bo`lsa yoki, uzaro farzandalari bor shariy nikoh asosida yashayotgan oilalar tibbiy ko`rikdan o`tish chog`ida nizomda ko`rsatilgan beshta kasalliklar bo`yicha emas faqatgina SPIT kasalligining natijalarini taqdim etishga haqli. Fuqarolarning tibbiy ko`rikdan o`tishlari ellik yoshgacha majburiy hisoblanadi. Undan keyin ularning hohishlariga qarab FHDYo organlari tomonidan yo`llanmalar beriladi.
Bundan tashqari, fuqarolarga yanada ko`proq qulayliklar yaratish maqsadida, nikohga kirish uchun Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlariga ariza topshirish paytida, fuqarolardan doimiy yashash joyiga ro`yxatga qo`yilganligi haqidagi hujjat (propiska) sorash, nikoh qayd etilganidan so`ng esa fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlariga bu haqida belgi qo`yish bekor qilindi.
Bekobod tumani FHDYo bo`limi ish yurituvchisi: M.I.Ishankulova