Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Vaqtinchalik ro‘yxatga olish tartibi yanada osonlashdi


 

 

                       Vaqtinchalik ro‘yxatga olish tartibi yanada osonlashdi

Fuqarolar maxsus planshetlar orqali vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinadi

“O’zbekistan Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishning tajriba-sinov tariqasidagi yangi tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil yil 27 oktabr kuni 622-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi yanada takomillashtiriladi.

Fuqarolarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha maxsus planshet qurilmalari orqali elektron ro‘yxatga olish faoliyati 2022 yil 1 noyabrdan 2023 yil 1 sentyabrga qadar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida tajriba-sinov tariqasida tashkil etiladi.

Fuqarolar Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida yashash joyi bo‘yicha mulkdorning arizasida yoki soliq organlarida hisobga olingan ijara shartnomasida ko‘rsatilgan, biroq bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga vaqtincha ro‘yxatga olinadi.

Vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun fuqarolar kelgan kunidan boshlab 15 kun muddatda o‘z xohishiga ko‘ra, quyidagilarga murojaat qilishi mumkin:

-Qulay manzildagi profilaktika inspektorlariga;

-Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga;

-Davlat xizmatlari markazlariga;

-Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga.

Vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i fuqaroning turgan joyida vaqtincha ro‘yxatga olinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi.

 

Bo‘ka tumani adliya bo‘limi

inson huquqlari va huquqni qo‘llash

amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi

bosh maslaxatchisi                                                             G.Sadikova