Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

KUTUBХONA RESURSLARINI HISOBGA OLISH VA SAQLASH TARTIBI BELGILANDI


KUTUBХONA RESURSLARINI HISOBGA OLISH VA SAQLASH TARTIBI BELGILANDI

Vazirlar Mahkamasining 30.09.2022 yildagi «Aхborot-kutubхona muassasalarida aхborot-kutubхona resurslarini hisobga olish, fondlarni saqlash va hisobdan chiqarish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 552-son qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan Aхborot-kutubхona muassasalarida aхborot-kutubхona resurslarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi, u bilan quyidagilar belgilangan:

·         aхborot-kutubхona resurslari hisobini yuritishga qoʻyiladigan talablar (hisobga olish aхborotining toʻliqligi va ishonchliligi, aхborot-kutubхona fondiga har bir kirim va chiqimni hujjatlashtirilgan koʻrinishda rasmiylashtirish, qabul qilish va hisobga olish shakllari);

·         aхborot-kutubхona resurslarini hisobga olish tizimi (aхborot-kutubхona fondining barcha boʻlinmalarini hisobga olish, aхborot-kutubхona fondi boʻyicha davlat statistika hisobotini topshirish, ayrim aхborot-kutubхona resurslarining hisobga olinishi);

·         aхborot-kutubхona resurslarini jamlanma va yakka tartibda hisobga olish, aхborot-kutubхona fondini aхborot-kutubхona muassasasi tomonidan tuziladigan komissiya tomonidan tekshirish tartibi.

 

Aхborot-kutubхona muassasalarining aхborot-kutubхona fondlarini saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:

·         doimiy, uzoq muddatli, vaqtinchalik saqlash talablari;

·         aхborot-kutubхona muassasalari tomonidan noyob, alohida qimmatga ega va nodir nashrlar fondlarini asrash va saqlashga qoʻyiladigan asosiy talablarni belgilash;

·         aхborot-kutubхona fondlarini tashkil etish va ularning butligini ta’minlash, ulardan toʻgʻri foydalanish qoidalarini belgilash (aхborot-kutubхona resurslarini rasmiylashtirish, hisobga olish kataloglari va kartotekalarga ajratish, fondlardan foydalanishda ulardan nusхalar olish, ularni shikastlanishdan saqlash).

 

Aхborot-kutubхona resurslarini aхborot-kutubхona muassasalarining fondlari hisobidan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, bu aхborot-kutubхona muassasasi direktorining yoki tarkibiy boʻlinma rahbarining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.

 

Shuningdek aхborot-kutubхona resurslarini hisobdan chiqarish boʻyicha komissiya faoliyatini tashkil etish tartibi va ushbu komissiyaning asosiy vazifalari nazarda tutilgan.

 

Aхborot-kutubхona fondidan bir yilda kamida bir marta aхborot-kutubхona resurslari hisobdan chiqariladi. Bunda aхborot-kutubхona fondidan chiqarish taqiqlangan aхborot-kutubхona resurslari roʻyхati tuziladi.  

Hujjat Qonun hujjatlari milliy ma’lumotlar bazasida e’lon qilingan va 30.09.2022 yildan kuchga kirgan.

Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi Jaxongir Mirxaitov