Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Oʻzbekiston Respublikasining Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonunining 13-moddasiga asosan Adliya organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlaridan biri sifatida, aholi oʻrtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madani


Oʻzbekiston Respublikasining Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonunining 13-moddasiga asosan Adliya organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlaridan biri sifatida, aholi oʻrtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targʻibot boʻyicha faoliyatni amalga oshirish kirishligi belgilangan.

Bekobod tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimining tegishli maʼlumotlariga koʻra 2004-yil 08-iyul kuni Bekobod shahrida tugʻilgan MK jamiyat uchun ijtimoiy foydali mehnat bilan shugʻullanmasdan, jinoyat sodir etish yoʻliga kirib, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar turkumiga kiruvchi firibgarlik, yaʼni aldash va ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan oʻzganing ancha miqdordagi mulkini talon-taroj qilishda ifodalangan jinoyatni sodir etishda fosh etilgan.

Jumladan: u, Bekobod shahar Tinchlik MFYda yashab kelishi davrida jinoyat sodir etish yoʻliga kirib, oʻzganing mulkini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritish maqsadida, Tojikiston Respublikasi Sugʻd viloyati Istarafshan tumani Firdavsiy koʻchasi 95da yashovchi DR bilan 2022-yil
26-iyul kuni telefon orqali tanishib qolib, DR unga Rossiya Federatsiyasidan akasi DA tomonidan 6600 AQSH dollari miqdoridagi pul kelishini, ushbu pullarni olish uchun oʻzini limiti tugaganigini, shu sababli ushbu pullarni olib berishini buning uchun xizmat haqqi evaziga 200.000 soʻm miqdoridagi pullarni berishini aytib, u bilan pullarni olib berish boʻyicha oʻzaro ogʻzaki kelishishgan.

2022-yil 27-iyul kuni u AT Xalq banki Zafar filialiga kelib, DRga oʻzini pasport maʼlumotlarini berib, shundan soʻng Rossiyadan “Yunistrim” tizimi orqali keladigan pul joʻnatmalari kodini olib, AT “Xalq banki” Zafar filiali orqali 4800 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olib, qolgan 1800 AQSH dollari miqdoridagi pullarni MXdan DRga pullarni berib qoʻyish uchun olib, ushbu pullarni DRga olib borib bermasdan pullarni oʻzini shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Shunday qilib MK oʻzining firibgarlik yaʼni, aldash va ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan oʻzganing mulkini yoki oʻzganing ancha miqdorda mulkiga boʻlgan huquqni qoʻlga kiritishda ifodalangan jinoiy harakatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan.

         Yuqoridagilarni koʻrib chiqib shuni aytishimiz mumkunki jinoyat uchun jazo muqarar, shu sababdan ham fuqarolarimizdan qonun hujjatlarida belgilangan oʻz haq huquqlarini bilishlarini hamda, oʻz navbatida jamiyatda barcha uchun amal qilinishi majburiy boʻlgan qonun hujjtlariga ogʻishmay rioya qilishlarini soʻrab qolgan boʻlar edik.

 

Mualiflar:

 

Bekobod tuman adliya boʻlimi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlinmasi bosh maslaxatchisi Musayev Sunnatillo Soibjonovich

 

 

Bekobod tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi katta tergovchisi Kapitan B.E.Djumabayev