Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Konstitutsiya – baxtimiz kafolati.


Konstitutsiya – baxtimiz kafolati.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – inson huquqlariga va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqlik bilan, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatni anglagan holda, o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanilib, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat namoyon qilinib, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari ustunligi tan olingan holda, respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga intilib, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko‘zlab, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

         Bosh Qonunimiz inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari, jumladan, shaxsiy huquq va erkinliklar, siyosiy, iqtisodiy va  ijtimoiy huquqlarning asosiy kafolatidir. Shu bilan birga unda fuqarolarning davlat va jamiyat oldidagi majburiyatlari ham belgilab qo‘yilgan.

Konstitutsiyamiz iqtisodiyotda, ijtimoiy-siyosiy munosabatlarda va madaniy-ma’rifiy hayotimizda islohotlarni amalga oshirish uchun puxta huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

  Shu kunlarda Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 30 yilligi keng nishonlanmoqda. Barcha yurtdoshlarimizni ushbu sana munosabati bilan tabriklaymiz!

 “Inson-jamiyat-davlat” tamoyiliga asoslangan Konstitutsiyamiz davlatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligiga xizmat qilsin!

 

Angren shahar Adliya bo’limi

Davlat xizmatlari markazi direktori Axmedov G’ayrat Abdunabiyevich.