Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Avtotransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma olish


Avtotransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma olish

 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevralda “Maxsus electron tizim orqaliruxsat etish xususiyatiga ega ayrimhujjatlarni berish tartib-taomillari to’g’risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 86-son qarori tasdiqlangan. Qarorning 26-ilovasida Avtotransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma pasport ishlab chiqilgan. Avtotransport vositalarini qayta jihozlash yuridik va jismoniy shaxslar uchun tadbiq etilgan bo’lib, unda boshqa model va modifikatsiyalarning agregat va uzellari, ehtiyot qismlari va butlovchi detallaridan foydalangan holda, avtomototransport vositasi konstruksiyasi va tarkibiy qismlarining elementlariga o‘zgartirishlar kiritish uchun ruxsat berish yo’lga qo’yiladi. Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi etib belgilangan. Ruxsatnoma olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: yuridik va (yoki) jismoniy shaxs haqida ma’lumot, qayta jihozlashni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektining nomi, STIR (yoki JSh ShIR yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun) va joylashgan manzili, avtomototransport vositasining texnik pasport yoki avtomototransport vositasini uning egasiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi boshqa hujjat nomi, raqami va sanasi.

Avtotransportni qayta jihozlash uchun ruxsatnomada ko‘rsatilgan qayta jihozlashni amalga oshirish; ishlab chiqarilganiga 20 yil va undan ortiq muddat o‘tgan avtomototransport vositalarini qayta jihozlatmaslik (avtomototransport vositalarining kuzov, kabina va dvigatellarini xuddi shu rusumdagi (yoki shu rusumning yangi modifikatsiyasidagi) kuzov, kabina va dvigatellarga almashtirish bundan mustasno) hamda transport vositalarini ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan ko‘zda tutilmagan qayta jihozlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ariza 15 ish kuni muddatida ko’rib chiqiladi. Arizani ko’rib chiqish uchun BHMning 30 foizi miqdorida yig’im to’lanadi.

 

Muzaffar Abdraimov  

Angren shahar Adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi yetakchi mutaxassisi