Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

STATISTIKA MA`LUMOTLARINI OLISHDA ENDI MUAMMO YO`Q !


            STATISTIKA MA`LUMOTLARINI OLISHDA ENDI MUAMMO YO`Q !

 

        Buning ushun har bir jismoniy va yuridik shaxs o`ziga yaqin hududda joylashgan davlat xizmatlari markaziga kelib , yoki YIDXP orqali Davlat statistika qo`mitasiga statistika ma`lumotlarni olish uchun ariza berishi mumkin. Statistika ma`lumotlarini taqdim etishda davlat xizmatini ko`rsatish murojaatchi talabiga asosan O`zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy holatini aks ettiruvchi rasmiy statistika soxasidagi statistika dasturlariga muvofiq tayyorlanadigan yig‘ma statistika ma’lumotlarini taqdim etish shaklida amalga oshiriladi.

Murojaatchining zarur ma`lumotlari so`rovnomaga kiritilgach vakolatli organga kelib tushadi. So`ralayotgan ma`lumotning mavjudligi va uning hisoblangan qiymati to‘g‘risida ikki ish kunidan oshmagan muddatda murojaatchining shaxsiy kabinetiga va/yoki Davlat xizmatlari markazi uning mobil telefon raqamiga SMS xabarnoma yuboradi.

         Davlat xizmati doirasida so‘rovnomaga asosan taqdim etiladigan har bir statistik ma’lumotni shakllantirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 0,08 foizi miqdorida, YIDXP orqali murojaat etganda esa — ushbu summaning 90 foizi miqdorida yig‘im undiriladi va bunda ko‘rsatkichning mavjud kesimlari asosida tayyorlangan har bir birlik ko‘rsatkich alohida hisoblanadi.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) YIDXP orqali davlat xizmati ko‘rsatishda undiriladigan yig‘im bo‘yicha 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno).

         Murojaatchi Davlat statistika qo`mitasi tomonidan hisoblangan summada o`z hohishiga ko`ra to`lovni amalga oshirgach , tegishli tashkilot 5 ish kunidan oshmagan muddatda YIDXP orqali tegishliligi bo‘yicha davlat xizmatlari markaziga yoki murojaatchining shaxsiy kabinetiga so‘ralgan ma’lumotlarni shakllantiradi yuboradi.

         Ushbu maqola O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24 noyabr 2022 yildagi “Statistika ma`lumotlarni taqdim etish bo`yicha davlat xizmatlarini ko`rsatishning ma`muriy reglamentini tasdiqlash t`og`risida”gi 672-sonli qarori asosida tayyorlandi.

                                              

Angren shahar Adliya bo`limiga
qarashli Davlat xizmatlari markazi
bosh mutaxassisi III-darajali yurist
Nazarova Nargiza Kadambayevna.