Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Strategiyani amalga oshirish orqali erishiladigan natijalar va maqsadli ko‘rsatkichlar – Bundan ko’zlangan maqsad nima?


Strategiyani amalga oshirish orqali erishiladigan natijalar va maqsadli ko‘rsatkichlar – Bundan ko’zlangan maqsad nima?

 

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishning milliy tizimini rivojlantirish, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, aholining elektron davlat xizmatlaridan foydalanish darajasini oshirish, tizimga innovatsion yangiliklarni joriy etish maqsadida Strategiya quyidagi natijalarga erishishni ko‘zda tutadi:

davlat xizmatlari respublikaning barcha hududlariga kirib borishi hamda aholining davlat xizmatlariga bo‘lgan talabi samarali qondirilishiga erishish;

davlat xizmatlarini ko‘rsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish asosida huquqiy aniqlikni ta’minlash;

an’anaviy tarzda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazish darajasini 80 foizga yetkazish;

jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan elektron davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish ko‘lamini 60 foizgacha ko‘tarish;

davlat xizmatlarini o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish asosida ko‘rsatilishini rivojlantirish;

zarur arxiv ma’lumotlarini raqamlashtirish orqali jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati hamda tezligini oshirish;

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sonini 400 taga, Markazlar orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sonini 300 taga yetkazish;

Elektron hukumatni rivojlantirish reytingida O‘zbekiston o‘rnini 20 pog‘onaga yaxshilash;

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (SDGs) reytingi va Jahon bankining Boshqaruv sifati indikatorida (Worldwide Governance Indicators) O‘zbekiston o‘rnini yaxshilash;

davlat xizmatlarini ko‘rsatishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali ma’lumot almashinuv darajasini 90 foizga yetkazish;

davlat xizmatlarini ko‘rsatishda foydalaniladigan ma’lumotlar bazalarini raqamlashtirish darajasini 80 foizga yetkazish;

davlat xizmatlarini ko‘rsatishda jismoniy shaxslarni identifikatsiya qilish tizimini takomillashtirish hamda uning zamonaviy vositalarini (Mobil-ID, bank plastik kartasi orqali identifikatsiyalash, biometrik identifikatsiya — Face ID, Finger Print kabilar) joriy etish;

davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ma’lumotlar ochiqligini, davlat organlari hamda boshqa idoralar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish;

tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarining faqat “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatilishiga erishish.

 

 

Angren shahar Davlat xizmatlari markazi Bo’lim

boshlig’i Zuxriddin MALIKOV