Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Xalqaro reytinglarda O‘zbekiston o‘rnini yaxshilash va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha qanday ishlar amalga oshiriladi?


Xalqaro reytinglarda O‘zbekiston o‘rnini yaxshilash va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha qanday ishlar amalga oshiriladi?

 

Xalqaro reytinglarda O‘zbekiston o‘rnini yaxshilash va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish sohasida quyidagilar amalga oshiriladi:

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (SDGs) reytingi va Jahon bankining Boshqaruv sifati indikatorida (Worldwide Governance Indicators) doimiy ishtirok etish va unda O‘zbekiston o‘rnini yaxshilash;

Elektron hukumat global indeksida O‘zbekiston o‘rnini yaxshilash;

davlat xizmatlarini ko‘rsatishni rivojlantirish maqsadida xalqaro ekspertlar ishtirokida xodimlar uchun xorijiy amaliyot, seminar va o‘quv kurslarini tashkil etish ishlarini kengaytirish;

davlat xizmatlari sohasida ilg‘or davlatlar bilan tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan xalqaro forumlar o‘tkazish;

davlat xizmatlarini ko‘rsatish, ma’muriy islohotlarni tadqiq qilish sohasida faoliyat yurituvchi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” loyihasi bo‘yicha hamkorlikning II fazasini amalga oshirish;

davlat xizmatlari sohasida ilg‘or davlatlarning vakolatli organlari bilan ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish.

 

Angren shahar Davlat xizmatlari markazi Bo’lim

boshlig’i Zuxriddin MALIKOV